Svabi universiteti (Pokiston) olimlari xalqaro tadqiqot guruhi tarkibida anor mevalari, qobigʻi, moyi, ekstrakti va sharbati prostata, siydik pufagi, koʻkrak, teri, oʻpka va yoʻgʻon ichak saratoni rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari Food Sciyence & Nutrition (FSN) jurnalida chop etildi.
Olimlarning fikricha, anorni antiproliferativ, oʻsmaga qarshi va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlar bilan ta'minlashda antioksidantlar alohida oʻrin tutadi. Ular orasida polifenollar, flavonoidlar va taninlar kabi foydali moddalar mavjud. Ular yalligʻlanishni kamaytiradi, shish paydo boʻlishining oldini oladi va saraton hujayralarining oʻsishini sekinlashtiradi.
Bundan tashqari, olimlar anorni muntazam iste'mol qilish saraton metastazlari - uning tananing boshqa qismlariga tarqalishining oldini olishini ta'kidladilar. Anor shuningdek, oz miqdordagi yogʻ va kaloriyalarni oʻz ichiga olgan holda tolaga, minerallarga va vitaminlarga boy. Uni iste'mol qilish saraton rivojlanishining xavf omillaridan biri boʻlgan ortiqcha vazn bilan kurashishga yordam beradi.
Ba'zi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, anor tarkibidagi ellagitanninlar Alsgeymer va Parkinson kasalliklaridan himoya qiladi. Shu bilan birga, anor dori vositalarining, jumladan, gipertenziya uchun dori vositalarining samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun bu mahsulotni turli kasalliklar uchun yordamchi terapiyaning bir qismi sifatida ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar