
Yuzdagi birinchi nuqsonlar ko‘pchilikda yoshlikda paydo bo‘lib, keyin yo‘qolib ketadi. Ammo ba’zilar bu muammoni katta yoshda ham hal qilishga majbur bo‘ladi, chunki uning asl sabablari yo‘qolmaydi. Gap shundaki, avvalo biz kosmetologlarga maslahat va muolajalar uchun murojaat qilamiz, lekin ular faqat qisqa vaqtda yordam beradi.
Faqat so‘nggi o‘n yillikda yuzdagi toshmalar bilan ayrim mahsulotlar o‘rtasida bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi yangi tadqiqotlar paydo bo‘ldi, dermatologlar esa bemorlar bilan diyeta haqida gaplashishni boshladi. Piling va niqoblar muvaffaqiyatning bir qismi, ammo asosi — to‘g‘ri ovqatlanishdir. Bugun biz yuzda toshmalar paydo bo‘lishiga ko‘pincha sabab bo‘luvchi mahsulotlar haqida suhbatlashamiz. Ularning iste’molini ehtimol kamaytirishga to‘g‘ri keladi.
Hech qanday tahlillar topshirishdan oldin, mutaxassislar avvalo ovqatlanish kundaligi yuritishni tavsiya qiladi — hatto shuning o‘zi yordam berishi mumkin. Toshmani chaqirishi mumkin bo‘lgan biror mahsulotni ratsiondan chiqarib, terini bir necha hafta davomida kuzatib ko‘rishga harakat qiling. Yomon bo‘lmaydi. Agar natija bo‘lmasa, ro‘yxatdan keyingi mahsulotlarni ham sinab ko‘rish kerak bo‘ladi. Balki ulardan biri butun umr mobaynidagi asosiy dushmaningiz bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bir chashka qahva va shokolad
Tushlikdan keyin ba’zan shirinlik istagi paydo bo‘ladi. Yoshlikdanoq bizga shunday o‘rgatishgan: avval sho‘rva, keyin esa konfet. Bir qarashda beg‘ubor bo‘lib ko‘ringan bunday odat yuzda doimiy nuqsonlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tortlar, konfetlar, shokolad va shakar miqdori yuqori bo‘lgan boshqa mahsulotlar — diqqat qaratilishi lozim bo‘lgan birinchi narsalar. Shakar yog‘ bezlarining faoliyatni ortishiga olib keladi, natijada terida yog‘ miqdori ko‘payadi. Shu boisdan teri teshiklari to‘silib, toshmalar paydo bo‘ladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, shirinlik faqat taom emas, balki ichimliklar ham hisoblanadi: gazlangan ichimliklar, soklar va tayyor choylar.
Ichimliklar haqida gap ketganda, qahvaga ham e’tibor berish lozim. Qahva faqat kayfiyatni ko‘taribgina qolmay, balki ba’zan peshonada toshmalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Qahvaning ham shunday me’yori borki, aynan shu me’yordan oshmaslik teriga zarar yetkazmaslik uchun muhimdir. Bu me’yor har bir inson uchun individualdir. Agar har kuni qahva ichsangiz, avvalo uni haftasiga ikki-uch marta ichib ko‘rishni tavsiya qilamiz. Balki yuzdagi muammo aynan shu ichimlik bilan bog‘liqdir.
Sut…
Bolaligimizda hammamizga doimo sut ichish kerak, deb ta’kidlashgan. Ammo so‘nggi yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sut mahsulotlari bir darajada bo‘lsa ham, turli toshmalarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Toshma bilan og‘riganlar uchun eng xavfli mahsulotlardan biri — suyuq yog‘li turdagi qattiq pishloqlar hisoblanadi. Agar siz hozirda yuzdagi toshmalarga qarshi kurashayotgan bo‘lsangiz, har qanday qatiq mahsulotlarini iste’mol qilishni kamaytiring va terining holatini kuzatib boring. Shuningdek, sүtli shirinliklar: morojenoye va yogurtlar ham ma’lum muddatga “ta’qiq” ostida bo‘lishi kerak.
Lekin bu vaziyatda ham yaxshi jihat bor: sut mahsulotlari unli shirinliklardan ko‘ra foydaliroq. Shu sababli, agar barchasidan voz kechish qiyin bo‘lsa, pechene va bulochkalar o‘rniga tvorojli desertlar bilan almashtiring. Yoki umuman boshqa yo‘l: o‘simlik sutlaridan foydalaning — masalan, kokosli, bodomli yoki ovsyanka sutlari va ulardan ham mazali desertlar tayyorlash mumkin!
Unli mahsulotlar
Makaronlar, oq non, guruch, pechene va bug‘doy unli mahsulotlar organizmda insulin ajralishiga sabab bo‘ladi, bu esa nafaqat qandli diabetga, balki yuzda ko‘plab toshmalar paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Yaxshilab o‘ylab ko‘rsangiz, bu mahsulotlarni kundalik hayotda almashtirish mumkin. Masalan, oq guruch o‘rniga ba’zan qo‘ng‘ir guruch yegan ma’qul, makaronlarni esa vaqti-vaqti bilan grechka lapshasi bilan almashtiring. Odatdagi oq non o‘rniga rug‘on yoki butun donli undan tayyorlangan non yeyish tavsiya etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing