date

Ayollarda “Go‘zallik minerali” yetishmasligi kuchsizlik va stressga olib keladi

Ayollarda “Go‘zallik minerali” yetishmasligi kuchsizlik va stressga olib keladi

Sink moddasi tibbiyotda “go‘zallik minerali” deb yuritiladi. Chunki aynan ushbu modda ayollarning terisi, sochi, tirnoqlari va libidosi uchun javobgar hisoblanadi.

Sink immunitet, reproduktiv tizim, miya faoliyati va organizmning yara bitishi jarayonlarida faol qatnashadi. U tanadagi energiya, kayfiyat va to‘liq ishlashga ta’sir ko‘rsatadi.

Olimlar sinkni temirdan keyin ikkinchi eng muhim element deb hisoblaydi. Uning tanqisligi xotira susayishi, charchoq, terining qurishi va soch to‘kilishiga olib keladi.

Sog‘lom ayol organizmida kamida 9 gramm sink bo‘lishi kerak. Homilador yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar uchun esa bu ko‘rsatkich 11 grammdan kam bo‘lmasligi lozim.

Sink yetishmovchiligining asosiy sababi — noto‘g‘ri ovqatlanish. Ayniqsa, go‘sht iste’mol qilmaydigan ayollar bu muammo bilan tez-tez to‘qnash keladi.

Homiladorlikda sink miqdori onaga ham, rivojlanayotgan homilaga ham kerak bo‘ladi. Bu suyak, mushak va immun tizimi shakllanishi uchun zarurdir.

Shifokorlar kunlik parhezga kamida 40 gramm go‘sht yoki boshqa oqsil manbasini kiritishni tavsiya etadilar. Sink, shuningdek, baliq, tuxum, yong‘oq va ko‘katlarda ham mavjud.

Stress, ruhiy charchoq sink tanqisligiga olib keladi. Shuning uchun ovqatlanish bilan bir qatorda hissiy barqarorlikka ham ahamiyat qaratish kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Ayollarda “Go‘zallik minerali” yetishmasligi kuchsizlik va stressga olib keladi