O‘zbekistonda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda noyabr oyida havo harorati asta-sekin pasayib, ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat sezilarli tushgan davrlarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi ham mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Prognozga ko‘ra, noyabr oyining birinchi o‘n kunligi nisbatan iliq o‘tadi. Kechalari havo harorati 5–10 daraja iliq, kunduz kunlari esa 17–22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida havo harorati pasayib boradi. Kechalari harorat 3–8 daraja iliqdan 2 daraja sovuqqacha, ayrim kunlarda esa 3 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi mumkin. Kunduz kunlari havo harorati 5–20 daraja iliq oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, oy davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Sovuq havo kirib kelgan kunlarda yog‘ingarchilikning qisqa muddatli qor ko‘rinishida kuzatilishi ham istisno etilmaydi.

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida respublika bo‘yicha o‘rtacha havo harorati me’yor atrofida, ayrim joylarda esa me’yordan 1–1,5 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oylik yog‘ingarchilik miqdori hududlarning ayrimlarida me’yordan kam, boshqa joylarda esa me’yor atrofida bo‘lishi prognoz qilingan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar