Pegasus O‘zbekistonning uchta shahriga parvozlarni boshlashini e’lon qildi

Pegasus O‘zbekistonning uchta shahriga parvozlarni boshlashini e’lon qildi

Pegasus Airlines aviakompaniyasi Istanbuldan O‘zbekistonning uchta shahriga muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Yangi qatnovlar Buxoro, Andijon va Termiz yo‘nalishlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu reyslar uchun aviachiptalarni sotib olish imkoniyati ham ochilgan.

Kompaniya saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbuldan parvozlar uchun chiptalar narxi 99 dollardan boshlanadi. Barcha yangi yo‘nalishlarda parvozlar Sabiha Go‘kchen aeroporti orqali tashkil etilishi kutilmoqda.

Qatnovlar turli sanalarda boshlanadi. Buxoroga birinchi reyslar 14 dekabrdan, Andijonga esa 18 dekabrdan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Termizga parvozlar 2027 yil 1 martdan boshlanishi kutilmoqda.

Pegasus Airlines Turkiyadagi loukoster aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, nisbatan arzon aviachiptalarni taklif qilishi bilan tanilgan. Istanbuldan O‘zbekistonning uchta shahriga yangi yo‘nalishlarning ochilishi yo‘lovchilarga safar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar