
Qadim zamonda suv tashuvchi bir yigit bo‘lgan ekan. U obkashining ikki chetiga ilingan chelaklarda suv tashir ekan. Chelaklardan birining tagida teshik bo‘lib, manzilga etguncha suvning yarmi to‘kilib borar ekan. Butun chelak o‘z vazifasini to‘la-to‘kis bajarayotganidan mag‘rurlanar, teshik chelak esa ishining yarminigina bajara olayotganidan uyalib, xijolat chekar ekan.
Bir kuni teshik chelak egasiga debdi: "Men sendan uzr so‘ramoqchiman, olgan suvingning yarminigina etkaza olaman". Suv tashuvchi yigit unga javoban: "Seni ko‘tarib keladigan tomonimdagi gullarni ko‘rganmisan? Men ularni ataylab shu tomonga ekkanman. Har safar suv tashiganimda sen ularni sug‘orib ketasan. Men necha martalab ayolimga shu gullardan guldastalar sovg‘a qilganman. Buning uchun senga rahmat aytaman", debdi.
Tadbirkor odam hatto teshik chelakdan ham o‘zi uchun foyda ola biladi.
Manba: www.muslim.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar