Eyfel minorasi yozda “o‘sadimi”? Ilmiy haqiqat ochiqlandi

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Eyfel minorasi yozda issiq sabab “o‘sib”, qishda esa yana qisqarishi haqida turli postlar keng tarqalmoqda. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?
Mutaxassislar fikricha, bu gap mutlaqo uydirma emas — aksincha, ilmiy asosga ega hodisadir. Sababi, Eyfel minorasi asosan temirdan qurilgan bo‘lib, metall harorat o‘zgarishiga sezgir hisoblanadi.
Fizika qonunlariga ko‘ra, har qanday metall issiqda kengayadi, sovuqda esa qisqaradi. Shu bois yoz oylarida quyosh nuri ta’sirida minoraning metall konstruksiyalari qizib, biroz kengayadi. Natijada inshoot balandligi taxminan 10–15 santimetrgacha ortishi mumkin.
Qish faslida esa havo sovishi bilan temir yana qisqaradi va minora o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Biroq bu o‘zgarishlar juda kichik bo‘lgani sababli oddiy ko‘z bilan deyarli sezilmaydi.
Muhandislar bunday tabiiy jarayonlarni oldindan hisobga olgan holda loyihalash ishlarini olib borishadi. Shu bois Eyfel minorasi kabi yirik inshootlar harorat o‘zgarishlariga moslashgan holda qurilgan va bu holat uning xavfsizligiga ta’sir qilmaydi.





























Izohlar 0
…