Rossiya chiplar ishlab chiqarish uchun 2 milliard rubl ajratdi

Rossiya chiplar ishlab chiqarish uchun 2 milliard rubl ajratdi

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi mikroelektronika hamda SVCH-komponentlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan elektron-nurli va portlovchi litografiya materiallarini ishlab chiqish uchun qariyb 2 milliard rubl mablagʻ ajratdi. Loyiha doirasida oʻtkazilgan ikki tanlovning umumiy qiymati ushbu sohadagi import oʻrnini bosish dasturining muhim qismi hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Birinchi tanlov doirasida 1,017 milliard rubl elektron-nurli litografiya materiallarini yaratishga yoʻnaltirilsa, ikkinchi tanlov boʻyicha 889,5 million rubl portlovchi litografiya uchun ashyolar tayyorlashga sarflanadi. Barcha ishlar 2029-yilning noyabr oyiga qadar yakunlanishi belgilangan.

“SVCH Rezist-1” loyihasi doirasida Germaniyaning Allresist va Microresist, Yaponiyaning ZEON hamda AQSHning MicroChem kompaniyalari mahsulotlariga analog boʻladigan 12 turdagi elektron-nurli rezistlar yaratiladi. “SVCH Rezist-2” loyihasi esa Amerikaning LOR va PMGI seriyali rezistlarini almashtiruvchi yetti turdagi materialni ishlab chiqishni koʻzda tutadi.

Hujjatlarga koʻra, hozirda Rossiyada bunday materiallarning shaxsiy ishlab chiqarish bazasi mavjud emas va ilgari sanoat ehtiyojlari toʻliq xorijiy yetkazib beruvchilar hisobidan qoplangan. Elektron-nurli litografiya bir necha nanometrgacha boʻlgan oʻta aniq tuzilmalarni yaratishda, portlovchi litografiya esa metall konstruksiyalarni shakllantirishda qoʻllaniladi.

Ushbu yangi tenderlar mikroelektronika uchun kimyoviy materiallar, maxsus gazlar va fotorezistlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan keng koʻlamli dasturning davomidir. Bu qadam integral sxemalar va yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarishda xorijiy texnologiyalarga qaramlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar