95 foizlik go‘zallik: Amerikalik aktrisa Emma Stoun dunyodagi eng go‘zal ayol deb topildi!

95 foizlik go‘zallik: Amerikalik aktrisa Emma Stoun dunyodagi eng go‘zal ayol deb topildi!
Qisqacha

Amerikalik aktrisa Emma Stoun yuz tuzilishi va simmetriyasiga asoslangan tadqiqotda 94,72 foiz natija bilan dunyodagi eng go'zal ayol deb topildi. Londonlik estetik va plastik jarroh Julian De Silva mashhur ayollarning yuz xususiyatlarini kompyuter yordamida tahlil qilib, ularni 1,618 ko'rsatkichli "Oltin nisbat" mezoni bilan taqqosladi.

"Oskar' mukofoti sovrindori, amerikalik aktrisa Emma Stoun yuz tuzilishi va simmetriyasiga asoslangan tadqiqotda dunyodagi eng go‘zal ayol deb topildi.

Londonlik estetik va plastik jarroh Julian De Silva mashhur ayollarning yuz xususiyatlarini kompyuter yordamida tahlil qilib, ularni 1,618 ko‘rsatkichli "Oltin nisbat" mezoni bilan taqqoslagan. Natijaga ko‘ra, Emma Stounning yuz tuzilishi ideal nisbatlarga 94,72 foiz mos kelgan.

Aktrisaning jag‘ chizig‘i 97 foiz, lablari 95,6 foiz va qoshlari 94,2 foiz natija qayd etgan. Ikkinchi o‘rinni 94,37 foiz bilan Zendaya, uchinchi o‘rinni 94,34 foiz bilan Frida Pinto egalladi. Vanessa Kirbi esa 94,31 foiz natija bilan to‘rtinchi bo‘ldi.

Kuchli o‘nlikka Jenna Ortega, Oliviya Rodrigo, Margo Robbi, Ayshvariya Ray, Tan Vey va Beyonse ham kiritildi. Bu natija ommaviy ovoz berishga emas, matematik o‘lchovga asoslangan bo‘lib, go‘zallikning yakuniy mezoni hisoblanmaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar