Endi O‘zbekistonda ota farzandiga ismini familiya qilib berishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda ota ismini farzandga familiya sifatida berish imkonini nazarda tutuvchi qonun Senat tomonidan ma’qullandi. Hujjat 8 avgust kuni ko‘rib chiqilib, imzolash uchun Prezidentga yuborildi. Qonun kuchga kirsa, masalan, otaning ismi Ali bo‘lsa, bolaning familiyasini ham «Ali» deb qayd etish mumkin bo‘ladi. Amaldagi tartibda esa bolaning familiyasi odatda ota yoki onaning familiyasi asosida belgilanadi.
O‘zbekistonda ota ismini farzandga familiya sifatida berish imkonini nazarda tutuvchi qonun Senat tomonidan ma’qullandi. Hujjat 8 avgust kuni ko‘rib chiqilib, imzolash uchun Prezidentga yuborildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, bolaning familiyasi odatda ota yoki onaning familiyasi asosida belgilanadi. Shuningdek, milliy an’analardan kelib chiqib, boboning ismini familiya sifatida berish imkoniyati ham mavjud.
Yangi o‘zgartish kuchga kirsa, ota ismini to‘g‘ridan to‘g‘ri farzand familiyasi sifatida rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Masalan, otaning ismi Ali bo‘lsa, bolaning familiyasini ham «Ali» deb qayd etish imkoni paydo bo‘ladi.
Qonun hozircha Prezident imzosiga yuborilgan. U belgilangan tartibda kuchga kirganidan so‘ng yangi qoida amalda qo‘llaniladi. ota ismini farzandga familiya sifatida berish imkonini nazarda tutuvchi qonun Senat tomonidan ma’qullandi. Hujjat 8 avgust kuni ko‘rib chiqilib, imzolash uchun Prezidentga yuborildi.































Izohlar 0
…