Toshkentda formadagi shaxslar uyma-uy yurib 400 ming so‘m pul so‘rayotgani aytilmoqda

Toshkentda ayrim xonadonlarga maxsus forma kiygan shaxslar kelib, yong'in xavfsizligi bilan bog'liq xizmatlar uchun 400 ming so'm to'lashni so'ramoqda. Kvitansiyada davlat tashkiloti emas, mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi tijorat tashkiloti nomi ko'rsatilishi va to'lov "a'zolik badali" sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.
Toshkent aholisi ayrim xonadonlarga maxsus forma kiygan shaxslar kelib, guvohnoma ko‘rsatgan holda yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq xizmatlar uchun 400 ming so‘m to‘lashni so‘rayotgani haqida xabar bermoqda.
Aytilishicha, taqdim etilayotgan kvitansiyada davlat tashkiloti emas, balki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi tijorat tashkiloti nomi ko‘rsatilishi mumkin. To‘lov esa "a’zolik badali" sifatida rasmiylashtirilayotgani qayd etilmoqda.
Forma va guvohnoma sabab bunday shaxslarni davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimi deb qabul qilish oson. Shu bois pul to‘lashdan oldin tashkilotning to‘liq nomi, xizmatning huquqiy asosi hamda kvitansiyadagi rekvizitlarni diqqat bilan tekshirish tavsiya etiladi.
Ayniqsa, keksa yoshdagi yaqinlarni bunday holatlar haqida oldindan ogohlantirish muhim. Forma kiyilgani yoki guvohnoma ko‘rsatilganining o‘zi shaxs davlat idorasi vakili ekanini anglatmaydi.































Izohlar 0
…