18:20 / 17.01.2018
14 372

«O‘zimni o‘zim aldayman...»

«O‘zimni o‘zim aldayman...»
— U paydo bo‘ldi-yu, yana eski xotiralar kino tasmasidek ko‘z oldimdan o‘ta boshladi. O‘sha menga «Siz ajoyib qizsiz!» deguvchi yoqimli ovoz, kulib qarovchi ko‘zlar… Shu on yuragimda simillagan og‘riq turdi. Uni juda-juda sog‘inganimni his etdim, bir bora bo‘lsa ham suratiga termilib, xayolan suhbatlashish umidi yana paydo bo‘ldi. Ko‘zimda yosh aylanib, qaltiroq qo‘llarim kompyuterim xotirasidan o‘sha eski suratni qidira boshladi.

Eh… Axir yarim yil burun yurak yig‘lagan o‘sha kunda jahl bilan suratni o‘chirib yuborgan edim-ku! Yuragim «Bekor o‘chirgan ekansan, hech bo‘lmasa, suratiga qarab sog‘inching alamini bosarding», deya pichirladi. Shu so‘zlar ila o‘zimni-o‘zim aldayman. Ammo aqlim «Sen g‘irt ahmoqsan, axir endi u oilali, sevgan yori va sevimli ishi bilan band, biror marta bo‘lsa ham seni eslamaydi-ku. Nega o‘zingni buncha qiynaysan?» degan qahrli so‘zlarni qulog‘im ostida baralla aytadi…

Hozir ushbu satrlarni o‘qib, xayolingizda «Bir qiz bilan sevishib, boshqasiga uylanib ketgan ekan-da», deb o‘ylagan bo‘lsangiz, ajab emas. Yo‘q, yo‘q… Bizning o‘rtamizda kitoblardagi, kinolardagi muhabbat bo‘lmagan, hatto do‘stlik ham… Bizni shunchaki ish yuzasidan tanishlar desa to‘g‘riroq bo‘lardi. Ming afsuski… hammasi shunday munosabat bilan boshlanib, aynan shu munosabat bilan yakun topdi.
MALIKA

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «O‘zimni o‘zim aldayman...»