Mavluda va Guli Asalxo‘jayevalardan yangi duet — “Qarindoshlarim” taqdim etildi (audio)

Mavluda va Guli Asalxo‘jayevalardan yangi duet — “Qarindoshlarim” taqdim etildi (audio)

Xonanda opa-singillar Mavluda Asalxo‘jayeva va Guli Asalxo‘jayeva yangi duet qo‘shig‘ini tinglovchilarga taqdim etdi. Ushbu tarona bugun soat 16:00 da YouTube platformasiga audio shaklida joylandi.

Yangi qo‘shiq “Qarindoshlarim” deb nomlanib, hayotning turli sinovlari va quvonchli lahzalarida yonimizda bo‘ladigan eng yaqin insonlar — qarindoshlar haqidagi iliq tuyg‘ularni ifodalaydi. Asar mehr-oqibat, jigarbandlik va oilaviy rishtalarning qadri haqida samimiy ohangda kuylangan.

Qo‘shiq matni va bastasi Muhriddin Xoliqnazarov tomonidan yaratilgan bo‘lib, har bir notasi qalblarga iliqlik va yaqinlik tuyg‘usini ulashishi bilan ajralib turadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarona tinglovchilar tomonidan iliq kutib olingan. Izohlarda foydalanuvchilar xonandalarga ijodiy muvaffaqiyat tilab, bundan ham zo‘r qo‘shiqlar kutib qolishayotganini yozishgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar