Tailand malikasi 4 yil komada yotib, sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sababli vafot etdi

Tailand malikasi 4 yil komada yotib, sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sababli vafot etdi
Qisqacha

Tailand qiroli Maxa Vajiralongkornning qizi hamda taxt vorisi bo'lish huquqiga ega bo'lgan malika Bajrakitiyabxa sog'lig'i keskin yomonlashishi oqibatida vafot etdi. U 2022 yil dekabr oyida yurak xastaligi sabab hushidan ketib Bangkokdagi shifoxonaga yotqizilgan va so'nggi qariyb to'rt yil davomida koma holatida bo'lgan edi. Keyingi yillarda malikaning ahvoli turli asoratlar sabab og'irlashib borgan.

Tailand malikasi Bajrakitiyabxa sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sabab vafot etdi. U so‘nggi qariyb to‘rt yil davomida koma holatida bo‘lgan.

Malika 2022 yil dekabr oyida yurak xastaligi sabab hushidan ketgan va Bangkokdagi shifoxonaga yotqizilgan edi. Keyingi yillarda uning ahvoli turli asoratlar sabab og‘irlashib borgan.

Xalq orasida “Malika Pa” nomi bilan tanilgan Bajrakitiyabxa huquqshunos, diplomat va xayriya tashabbuslari muallifi sifatida ham tanilgan. U qamoqdagi ayollar, ayniqsa homilador mahkumalar huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratgan.

Malika Tailand qiroli Maxa Vajiralongkornning rasmiy maqomga ega farzandlaridan biri bo‘lib, mamlakat Konstitutsiyasiga ko‘ra taxt vorisi bo‘lish huquqiga ega shaxslardan biri hisoblangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar