Surxondaryoda cho‘milishga borgan uch nafar o‘smir kuchli oqim oqibatida cho‘kib vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida Surxondaryo daryosiga cho‘milishga tushgan uch nafar o‘smir kuchli oqim oqibatida cho‘kib vafot etdi. Mazkur fojiada 2008 yilda tug‘ilgan olti nafar o‘smir daryo bo‘yiga borgan bo‘lib, ulardan besh nafari suvga kirgan. Atrofdagilarning yordami bilan ikki nafar yigit qutqarib qolingan va qutqaruvchilar ikki o‘smirning jasadini suvdan olib chiqqan. Hozirgi vaqtda yana bir o‘smirni qidirish ishlari davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida cho‘milish uchun daryoga tushgan o‘smirlar bilan bog‘liq fojia sodir bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, 2008 yilda tug‘ilgan olti nafar o‘smir Surxondaryo daryosi bo‘yiga borgan. Ulardan biri suvga tushmagan, qolgan besh nafari esa cho‘milish uchun daryoga kirgan.
Kuchli oqim oqibatida uch nafar o‘smirni suv oqizib ketgan. Ikki nafar yigit atrofdagilar yordamida qutqarib qolingan.
Qutqaruvchilar ikki o‘smirning jasadini suvdan olib chiqqan. Hozirda yana bir o‘smirni qidirish ishlari davom etmoqda.































Izohlar 0
…