Andijonda oltinni kiprik bo‘yog‘i idishi, atir va ruchka ichida olib kirishga urinish fosh etildi

Andijonda oltinni kiprik bo‘yog‘i idishi, atir va ruchka ichida olib kirishga urinish fosh etildi
Qisqacha

Andijondagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali qimmatbaho metallarni yashirincha olib kirishga urinishgan bir nechta holatlar fosh etildi. Xususan, ikki nafar ayol oltin bo‘laklarini kiprik bo‘yog‘i idishi, atir idishi hamda ruchka ichiga yashirib olib o‘tishga uringani aniqlandi. Shuningdek, yana bir fuqaro zargarlik buyumlarini bosh do‘ppisining ichiga berkitib olib kirmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Andijonda “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali oltinni yashirincha olib kirishga urinish holatlari aniqlandi.

Bojxona nazorati vaqtida ikki nafar ayolning yuklari tekshirilgan. Ulardan biri kiprik bo‘yog‘i idishi ichiga 3 dona quyma oltinni yashirgani ma’lum bo‘ldi.

Uning hamrohi esa oltin bo‘laklarini atir idishi va ruchka ichiga joylab olib o‘tishga uringan.

Shuningdek, yana bir fuqaro zargarlik buyumlarini bosh do‘ppisining ichiga yashirgan holda olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

Mazkur oltin bo‘laklari belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olindi. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar