Buxoroda uyida yovvoyi to‘ng‘iz boqqan fuqaro jarimaga tortildi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida o'tkazilgan ekologik reyd davomida fuqaro o'z xonadonida yovvoyi to'ng'izni noqonuniy ravishda saqlab kelgani aniqlandi. Davlat ekologiya inspektorlari tomonidan mazkur holat yuzasidan xonadon egasiga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga 2 million 60 ming so'm miqdorida jarima qo'llanildi. Aniqlangan jonivor mutaxassislar tomonidan tabiat qo'yniga, o'z yashash muhitiga qaytarildi.
Buxoro viloyatining Jondor tumanida o‘tkazilgan ekologik reyd davomida noodatiy holat aniqlandi — mahalliy fuqaro o‘z xonadonida yovvoyi to‘ng‘iz saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi.
Davlat ekologiya inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida jonivor noqonuniy tarzda saqlanayotgani aniqlanib, darhol tegishli choralar ko‘rildi. To‘ng‘iz mutaxassislar tomonidan tabiat qo‘yniga, o‘z yashash muhitiga qaytarildi.
Mazkur holat yuzasidan xonadon egasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Mutasaddilar fuqarolarga yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ravishda saqlamaslik, ularni tabiiy muhitidan ajratmaslik zarurligini yana bir bor eslatmoqda.






























Izohlar 0
…