
Qariya sakson yoshga yetganida kar bo‘lib qoldi. Do‘xtirlar unga bu kasallikni jarrohlik yo‘li bilan davolash mumkinligini aytdi. Qariya rozi bo‘ldi. Do‘xtirlar jarrohlik amaliyoti tugagach, qariyaga hisob-kitob qog‘ozini berishdi. U qog‘ozga qarab, yig‘lab yubordi.
Do‘xtirlarning unga rahmi kelib, ovutishga urinishdi:
– Agar to‘lovlar sizga og‘irlik qilayotgan bo‘lsa, boshqa chorasini ko‘ramiz…
Qariya ko‘z yoshlarini artaturib, shunday dedi:
– Men pul uchun yig‘lamayapman. Bu ko‘z yoshlarimning sababi boshqa. Yaratgan Egam menga sakson yil eshitish ne’matini berdi. Ammo evaziga to‘lov qog‘ozini bermadi… Bu ne’mat qadriga yillar davomida shukr qilmaganim uchun yig‘layapman…
Do‘xtirlar qariyaning bu haqiqatidan lol qolishdi.
Manba: aqida.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar