Ilon Mask tarixdagi birinchi trillionerga aylangani aytilmoqda

Ilon Mask tarixdagi birinchi trillionerga aylangani aytilmoqda

SpaceX kompaniyasi AQSH tarixidagi eng yirik IPO‘lardan birini o‘tkazib, 75 milliard dollar jalb qilgani aytilmoqda. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya 555,56 million dona aksiyani har birini 135 dollardan sotgan.

IPO natijasida SpaceX'ning bozor qiymati 1,77 trillion dollarga baholangan. Bu ko‘rsatkich kompaniyani dunyodagi eng qimmat texnologik gigantlar qatoriga olib chiqdi.

Reuters va Forbes baholashlariga ko‘ra, Ilon Maskning SpaceX'dagi ulushi qariyb 866 milliard dollarga yetgan. Tesla va boshqa aktivlari bilan birga uning umumiy boyligi 1,1 trillion dollardan oshgani aytilmoqda.

Shu tariqa, Ilon Mask tarixdagi birinchi trillioner sifatida tilga olinmoqda. Biroq ayrim nashrlar uning boyligi hisob-kitobida kelajakdagi shartli aksiyalar ham inobatga olinganini qayd etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar