Alvaro Morata Cristiano Ronaldo haqida: U tarixdagi eng yaxshisi

1 daqiqa o'qish319
Alvaro Morata Cristiano Ronaldo haqida: U tarixdagi eng yaxshisi

Milan hujumchisi Alvaro Morata Real Madrid va Yuventus klublarida birga toʻp surgan sobiq jamoadoshi Cristiano Ronaldo haqida iliq fikrlar bildirdi. Ispaniyalik hujumchi portugaliyalik yulduzning maydon tashqarisidagi saxovatliligi va yosh futbolchilarga koʻrsatgan yordami haqida soʻzlab berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

El Camino de Mario podkastida mehmon boʻlgan Morata Real Madrid safidagi ilk yillarini eslab, Cristiano Ronaldo yosh oʻyinchilarga doimiy ravishda sovgʻalar ulashganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Ronaldo mavsumoldi safarlarida yoshlarga iPad, mobil telefonlar va atirlar sovgʻa qilgan. Morata bu harakatlarni "ajoyib" deb taʼriflab, yulduz futbolchi unga doim alohida eʼtibor bilan qaraganini taʼkidladi.

Morata Ronaldoning nafaqat saxovatini, balki uning professionalizmiga ham yuqori baho berdi. Uning aytishicha, Cristiano Ronaldo har qanday vaziyatda, hatto uzoq safarlardan kech qaytganda ham oʻzining qatʼiy mashgʻulot tartibini buzmagan. Aynan shu mehnatsevarligi sababli Morata uni futbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchi deb hisoblaydi.

Shuningdek, hujumchi Real Madrid va Barselona oʻrtasidagi shiddatli raqobat davrida Ronaldoning jamoadoshlaridan talab qiladigan yuqori darajasi haqida ham toʻxtaldi. "Dastlabki yillarda men juda yosh edim va uning darajasidagi talablarga oʻrganmagan edim. Ammo vaqt oʻtib, uning nima uchun bunday yuqori talabchan ekanini tushunib yetdim", — deya qoʻshimcha qildi Alvaro Morata.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?