Microsoft olimi Age of Empires II ichida sunʼiy ong yaratish mumkinligini isbotladi

Microsoft olimi Age of Empires II ichida sunʼiy ong yaratish mumkinligini isbotladi

Zamonaviy tadqiqotlar koʻpincha yirik til modellarida empatiya yoki ong belgilari bor-yoʻqligini tahlil qiladi. Microsoft va York universiteti tadqiqotchisi Adrian de Winter oʻzining yangi ishida ushbu yondashuvni shubha ostiga qoʻydi. Muallif 1999-yilda chiqarilgan Age of Empires II strategiyasi ichida ham oddiy neyron tarmogʻini, ham universal Tyuring mashinasining analogini yaratish mumkinligini koʻrsatib berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tadqiqotchi oʻyin ssenariylari muharriri yordamida neyron tarmoqlarining asosi boʻlgan perseptronni qurdi. Bunda elektron signallar oʻrniga oʻyin obʼyektlaridan foydalanildi: qoʻylar va dehqonlar oldindan belgilangan yoʻnalishlar boʻylab harakatlanib, mantiqiy elementlar vazifasini bajardi. Tyuring mashinasi analogida esa hisoblash lentasidagi belgilar rolini turli binolar, tizim holatini esa oʻyin iqtisodiyoti parametrlari ifodaladi.

Adrian de Winterʼning taʼkidlashicha, koʻplab zamonaviy testlar til modellarida insoniy xususiyatlar bor degan yashirin ishonchga asoslangan. Agar xuddi shu hisoblash prinsiplari Age of Empires II muhitiga koʻchirilsa, jarayonning matematik mohiyati oʻzgarmasa-da, undagi «aqllilik» hissi yoʻqoladi. Bu esa sunʼiy intellektga xos deb bilingan xususiyatlar aslida modelning oʻziga emas, balki insonning uni qulay interfeys orqali qanday qabul qilishiga bogʻliq ekanini koʻrsatadi.

Olim «nol faraz» (Null Assumption) yondashuvini qoʻllashni taklif qilmoqda. Unga koʻra, ishonchli dalillar paydo boʻlmaguncha, sunʼiy intellektga psixologik xususiyatlarni yuklamaslik kerak. ChatGPT kabi botlarning «men oʻylayman» yoki «men his qilyapman» kabi iboralarni ishlatishi foydalanuvchida notoʻgʻri tasavvur va hissiy bogʻliqlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar