JANNATNI KO‘RIB QAYTGAN QARIYA
Aytishlaricha, bog‘dodlik oltmish yoshli Raximon-Najoti kechqurun o‘lib, ertalabiga tirilgan. U jannatda bo‘lib qaytganini hamma yaqinlariga gapirib bergan…
Ha, kechki ovqat qilishga ulgurmay, qariya bu dunyoni tark etdi. Hamma yig‘i-sig‘i bilan uning tanasini yuvib, ertalabki janozaga tayyorlab qo‘ydi…
Mana, tong ham otdi. Barcha yig‘ilib, domlaning janoza o‘qishini kuta boshladi. Buni qarangki, domla “Faqat Olloh abadiydir” deya janozani boshlashi bilan tobutda yotgan marhum to‘satdan aksa urib yubordi. Va o‘zi o‘rnidan turdi.
Qarindosh-urug‘lar o‘zlarini bosib olishgach, qariya jannatda bo‘lib qaytganini ularga gapirib berdi.
— Mening ruhimni, — dedi u. — Uchta farishta kulib qarshi olishdi va qandaydir ko‘prik yonidagi ajoyib, go‘zal maskanga olib borishdi. Ha, adashmasam, ko‘prik xuddi ip kabi ingichka edi. So‘ngra shu ko‘prikdan o‘tishimni buyurishdi. Atrof haqiqatan go‘zal edi. Men ko‘prikdan o‘tib ko‘rsatilgan darvozalardan biriga yaqinlashdim. Darvoza ochildi. Bu yo‘l marhuma xotinim Guriyaning yoniga olib borar ekan…
Shu qadar xursand bo‘ldimki…
Guriya menga kumush idishda suv berdi. Xursandligimdan uni bag‘rimga olmoqchi bo‘lgandim, shu zahoti ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Qaytib ko‘rmadim…
Oradan qancha vaqt o‘tdi, bilmayman. Meni olib kelgan uch farishta yana oldimga keldi.
— Kechirasiz, biz qidirgan odam siz emas ekansiz. — deyishdi ular baravariga…
Ana shu gapni gapirib bo‘lishlari hamono men ko‘zlarimni ochdim va siz azizlarimni ko‘rish baxtiga yana muyassar bo‘ldim…
Shuning bilan janoza to‘xtatilib hamma uy-uyiga tarqaldi…
Biroq ertasi kuni ertalab qo‘shnilar Raximon cholning olamdan o‘tgani haqida xabar topishdi.
DAHSHATLI CHUQURLIKLAR
Bundan yigirma-o‘ttiz yillar burun izsiz yo‘qolib qolayotgan g‘avvoslar haqida eshitgan avstraliyaliklar dahshatga tushishgandi. Bu to‘g‘rida deyarli har kuni gazetalar xabar berardi o‘shanda…
Masalan, eng so‘nggi g‘avvos suv ostida o‘ziga akula hujum qila boshlaganini yuqoridagilarga aytib ulgurdi. Boshqa g‘avvoslar shu zahotiyoq suv ostiga sho‘ng‘ishdi. Afsuski, sheriklarini topa olishmadi…
— Men suv ostiga tobora sho‘ng‘ib borardim. — deya hikoya qiladi tasodifan tirik qolgan g‘avvoslardan biri. — Necha metr pastga tushdim, bilmayman. Bir mahal ortimdan bahaybat akula kelayotganini payqadim. To‘g‘risi, qo‘rqib ketdim. Lekin akula hujum qilishga negadir shoshilmasdi. Men “qani, okean tubigacha bora olarmikan?” degan xayolda tobora pastlayverdim. Akula ham orqamdan suzib borardi. Nihoyat okean tubiga yaqinlashdim. Akula esa, mengacha besh-o‘n metrlar qolganda birdan to‘xtadi…
Bu ham mayli. Bir mahal kutilmaganda badanim muzlab ketayotganini his qildim. Haqiqatan suv borgan sari muzlab borardi. Shu payt ko‘z o‘ngimda ko‘zsiz, boshsiz, gavdasining oxiri yo‘q bir mahluq paydo bo‘ldiki, buni ko‘rgandan o‘lib ketgan ma’qul edi chamamda. U kulrang edi. Negadir men tomon emas, akula tomonga qarab harakatlanardi. Akula ham mahluqni ko‘rib qochishga tutindi. Ammo qocha olmadi. Go‘yo muzga aylanib qolgan kabi bir joyda qotib qoldi. Mahluq esa, bir qimirlash bilan akulani yutib yubordi…
Men hamon qimirlashga qo‘rqar, mahluqning nima ekanini bilmasdim…
Birozdan so‘ng haligi mahluq ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ketgani zahoti suv yana ilib badanlarim qiziy boshladi…
Xuddi shunday voqealar Chilida ham sodir bo‘lgan ekan. Suvosti ekspeditsiyasi o‘tkazayotgan kema a’zolari okean tubida xuddi shunga o‘xshash jonzotga ro‘baro‘ bo‘lishgan. Uning ham oxiri ko‘rinmasdi. O‘n qismida qanotga o‘xshash a’zolari bo‘lib har qimirlaganda ko‘tarilib tusharkan…
Mahluq kemaga yaqinlashganda suv muzlabdi. Odamlar ham baravariga qaltiray boshlashibdi. Bu qaltirash albatta ham qo‘rquvdan, ham yuqori haroratli sovuqdan edi. Ko‘pchilik shu tufayli yurak xurujiga uchrab olamdan o‘tibdi…
Mahluqning nima ekani hanuzgacha ham sirligicha qolmoqda…
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi