QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
28 iyun kuni asosiy ishingiz yaqinlaringizga alohida e’tibor va mehr ko‘rsatishdan iborat bo‘lishi lozimligini unutmang. Pul orqasidan quvish haqida umuman o‘ylamang. Aks holda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Uy va ishxona yumushlarini bir chetga surib, kunning ikkinchi yarmida salomatlik bilan shug‘ullansangiz, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Umurtqa va bo‘g‘imlarda jiddiy muammolar paydo bo‘lish ehtimoli bor. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Ko‘ngilsizliklarga duch kelishni xohlamasangiz, ertalabdanoq tez-tez yolg‘iz qolishga harakat qiling. Atrofdagilar bilan qizg‘in suhbatlar, yangi tanishuvlar bugun sizga yaxshilik keltirmaydi. Kayfiyatingizni buzadi xolos. Yaqin o‘tmishdagi muhabbat xotiralaridan xalos bo‘lishda yaqin do‘stlardan biri yordam berishi mumkin. U kunning ikkinchi yarmida sizni toza havoda sayr qilish uchun taklif etishi kutilmoqda. Rad etmang, albatta rozi bo‘ling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
28 iyun kuni kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘lishi kutiladi. Bunga atrofdagilarning xush muomalasi ham turtki bo‘ladi albatta. Kun davomida tanishlar yoki do‘stlardan biri sizga yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin. Sport bilan shug‘ullanish niyatingiz bo‘lsa, ehtiyotkor bo‘ling. Jarohat olishdan saqlaning. Yaxshisi, kechki payt uyda o‘tirib vaqt o‘tkazing. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib ijobiy tarafga o‘zgarishi kutilmoqda. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun yangi tanishuvlar kutadi. Ammo do‘st tanlashda, birovlar bilan tanishishda juda ehtiyot bo‘ling. Jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishdan saqlaning. Har kimga ishonib sir aytmang. Hozirgi kunda o‘ng ko‘z chap ko‘zga oshno bo‘lmaydi. Tadbirkor bo‘lsangiz, buguncha katta ishlar uchun pul tikmay turganingiz ma’qul. Muhabbatda esa turmush qurishga ulgurmaganlar qarshisida raqiblar paydo bo‘lishi mumkin. Raqiblarga qarshi kurashning parda ortidagi usullarini tanlang. Xamirli ovqatlar iste’molidan tiyiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
28 iyun kunning birinchi yarmidanoq atrofingizni yaxshi niyatli insonlar o‘rab olishi tayin. Ular hamkasblar, do‘stlar yoki tanishlar bo‘lishi mumkin. Kim bo‘lganda ham sizga faqat yaxshilik tilaydi. Ijodkorlar kun davomida internet orqali o‘zi uchun zarur axborotlarni topishlari kutiladi. Bu axborotlar yangi asarlar yaratishingizda juda asqotishini unutmang. Faqat internetda juda uzoq vaqt o‘tirishingiz tavsiya etilmaydi. Bu salomatligingizga putur yetkazadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Buguningiz kutilmagan sovg‘alar va yoqimli vaziyatlarga boy bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida olisda yashaydigan qarindoshlardan biri mehmon bo‘lib kelishi ham ehtimoldan xoli emas. Oila qurmaganlarning ayrimlarini romantik uchrashuvga taklif etishlari mumkin. Suyukli insoningiz haqida eshitadigan yoqimli xabar ham sizga bir olam xush kayfiyat hadya etadi. Ammo moliyaviy masalada omadingiz kelmasligi mumkin. Hoynahoy, qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topishingizga to‘g‘ri keladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun bo‘yi salomatligi haqida jiddiy qayg‘urishi kerak bo‘ladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
28 iyunni organizm uchun eng kerakli vitaminlar iste’moli bilan boshlasangiz ziyon qilmasdi. Organizmni toblash mashqlarini ham shuning orasiga qo‘shib yuborsangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Sabzavot, mevalarni ko‘proq yeng. Mavsumda to‘yib yeyilgan mevalar yil bo‘yi sizga qo‘shimcha quvvat bag‘ishlab turadi. Ancha yildan beri ko‘rishmagan inson bilan uchrashib, yangi xabarlar eshitasiz. Bu xabarlar sizga ishchanlik kayfiyatini beradi. Kechqurun yolg‘iz qolib ertangi kun uchun rejalar tuzing.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Bugun birinchi navbatda bardosh va iroda kuchini mustahkamlash harakatida bo‘ling. Busiz qaysi jabhada bo‘lmang, ko‘ngilsizliklarga duch kelishdan tiyila olmasligingiz mumkin. Yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish uchun 28 iyun muvaffaqiyat keltirmaydi. Qolib ketgan ishlarni bitirish esa aksincha sezilarli foyda keltiradi. Shaxsiy hayotda faqat qalbingizga quloq tutgan holda ish tuting. Hatto, qarindoshlar maslahatiga ham amal qilmang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
28 iyun kuni zararli odatlardan birdaniga voz keching, kam bo‘lmaysiz. Kunlar o‘tadi, bu sizga ichki quvvat va xush kayfiyat bag‘ishlay boradi. Oilangizda katta janjal kelib chiqish ehtimoli bor. Shuning uchun o‘zingizni oilada nihoyatda bosiq tutishga harakat qiling. Shunda barcha ko‘ngilsizliklar sizni chetlab o‘tadi. Ishlarni navbati bilan amalga oshiring. Kechqurun suygan insoningiz uchun alohida vaqt ajrating.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Bo‘lar-bo‘lmas ishlarga kuch sarflab o‘zingizni qiynamang. Baribir xudoning aytgani bo‘ladi. Bugun moliyaviy va texnik ahamiyatga ega muammolar oldingizda ko‘ndalang turishi kutilmoqda. Kuchni ana o‘shalar uchun asrab qo‘ying. Huquqshunos maslahatini olish, katta biznes uchun pul tikish, muhim hujjatlarni imzolash bugun muvaffaqiyatli kechadi. Ayollar va qizlar kun davomida go‘zallik saloniga borib tashqi ko‘rinishlarini yanada yaxshilab olishlari zarur.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
28 iyunda ishxonangizdagi rahbarlar zimmangizga o‘ta mas’uliyatli vazifani yuklash niyatida turishibdi. Ular bilan bahslashmasdan, aytilgan ishlarni qoyillatsangiz, mukofotini albatta olasiz. Asab tizimlaringiz joyida emas. Ularni tartibga keltirish uchun to‘yib uxlashingiz va kam kaloriyaga ega taomlar iste’mol qilishingiz kerak. Kechqurun toza havoda uzoq vaqt sayr qilib yurish ham asabni tinchlantiradi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
28 iyun baliq burjida tavallud topganlar uchun maroqli kechadi. Ishxonada ba’zi hamkasblar sizni tanqid qila boshlashi ham mumkin. Bunday vaziyatlarda sukut yordam beradi. Moliyaviy yo‘qotishlarga yuz tutishingiz xavfi bor. Ulardan ura solib qoching. Pulni kun davomida nihoyatda tejab ishlating. Ba’zi do‘stlarimiz varikoz va bosh og‘rig‘idan azoblanishlari kutiladi. Yaxshisi, vrach qabuliga chiqib keling. Shunda ortiqcha asabbuzarliklarga duch kelmaysiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi