61 yoshli ayol qizining farzandini dunyoga keltirdi

1 daqiqa o'qish28.7K
61 yoshli ayol qizining farzandini dunyoga keltirdi

AQSHning Chikago shahrida 61 yoshli Kristin Keysi qizi Sara Konnellning farzandini surrogat ona sifatida dunyoga keltirdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Sara va uning turmush o‘rtog‘i Bill uzoq vaqt davomida farzandli bo‘lishga urinib, bir necha bor homiladorlik bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan. Shundan so‘ng ular EKU — ekstrakorporal urug‘lantirish usulidan foydalanishga qaror qilgan.

Embrion Saraning tuxum hujayrasi va uning eri Billning spermasidan yaratilgan. Shu sababli tug‘ilgan bola biologik jihatdan Sara va Billning farzandi hisoblanadi. Keyinchalik embrion Saraning onasi Kristin Keysi bachadoniga ko‘chirilgan.

O‘sha vaqtda Kristin menopauzani taxminan 10 yil avval boshdan kechirgan edi. Shunga qaramay, shifokorlar uni homiladorlikka tayyorlash uchun gormonal davolash o‘tkazgan. EKUning ikkinchi urinishidan so‘ng u homilador bo‘lgan.

Kristin homiladorlikni to‘liq muddatgacha olib borgan va Chikagodagi Prentice Women's Hospital shifoxonasida kesarcha kesish orqali Finnean ismli nabirasini dunyoga keltirgan. U tug‘ruq vaqtida 61 yoshda bo‘lgan.

Shunday qilib, Kristin qizining farzandini o‘zi dunyoga keltirgan bo‘lsa-da, Finneanning biologik onasi Sara, biologik otasi esa uning eri Bill hisoblanadi.

Bu voqea o‘sha paytda katta qiziqish uyg‘otgan. Kristin uchun esa bu qiziga farzandli bo‘lish orzusini amalga oshirishda yordam berishning o‘ziga xos usuli bo‘lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?