Men shaharda doʻkonda ishlayman. Bir kuni ishdalik paytimda onam telefon qildilar.
– Assalomu alaykum Onajon!
– Va alaykum assalom, Iqboljon yaxshimisan bolam? Bolalaring ham yaxshimi, kelinim ham ishiga borib kelyaptimi?
– Ha, rahmat onajon. Dadam yaxshimilar, ukam, kelin hammalari yaxshi yurishibdimi?
– Tuzuk hammasi yahshi, oʻzim ham yaxshiman bolam.
– Ha onajon, tinchlikmi, telefon qilibsiz?!
– Tinchlik bolam, ertaga shanba kelasizlarmi, deb telefon qilgandim.
– Ertaga boʻlaversin-chi oyijon, vaziyatga qarab aytaman-da, ishim chiqib qolmasa albatta boramiz.
– Ha ishqilib, ishing chiqib qolmasinda bolam, bilasan-ku sogʻinib qolaman.
– Xoʻp oyijon, Xudo xohlasa borarman. Mayli xayr, yonimda odam bor edi... Keyinroq oʻzim telefon qilaman...
Telefonni stolga qoʻyishim bilan, doʻkonimga xaridor boʻlib kirgan, notanish kishi koʻzimga qaradi.
Yuzlari qandaydir maʼyus, xiyol kulgancha:
– Onangizmilar? – deb soʻradi.
– Ha onam...
– Ular boshqa joyda yashaydilarmi? – yana savolga tutdi boyagi kishi.
– Ha ular mendan ancha olisda, masofa bilan hisoblaganda 100 km dan oshiqroq uzoqlikda yashaydilar.
– Ha-a, shunaqami? Demak, 100 km deng... Bir gap aytsam xafa boʻlmaysizmi?
– Yoʻq xafa boʻlmayman, aka bemalol, – dedim hayron boʻlib.
– Agar menda shunday imkon boʻlganida uka, 100 km ekan-ku, 1000 km boʻlsa ham, har kun borib qaytishga tayyor edim... Qani meni ham Onam hayot boʻlsalar, qani endi ular ham sizni onangiz kabi qoʻngʻiroq qilib, yonlariga chaqirib, kel bolam desalar, qani endi ularning tizzalariga boshimni qoʻyib uxlay ololsam, qani endi onam boshimni silab duolar qilsalar uka. Afsuski, buni iloji yoʻq! Hech qanday yoʻl bilan ularni qaytara olmayman uka… Onam endi yoʻqlar!
Sizda esa hayot ekanlar. Uka boring oldilariga, koʻngillarini oling, xizmatlarini qiling, keyin men kabi afsus qilmaysiz. Ota-onangizni hayot ekanliklari siz uchun – Baxt!
Notanish kishi onasi haqidagi armonlarini gapirar ekan ichimdan bir narsa uzilgandek boʻldi...
Boyagina onamga borish bormasligim ehtimol deganim yodimga tushib, uyalib ketdim. Beixtiyor yana telefonimni qoʻlimga olib, onamni telefon raqamlarini terdim...
– Ha bolam, biror gaping esingdan chiqib qolibdimi?! – deya, qayta qoʻngʻiroq qilganimga ajablanib soʻradilar onam.
– Ha onajon, ertaga Xudo xohlasa albatta borarkanmiz, shuni aytib qoʻymoqchi edim.
– Voy Xudoga shukr!
– Ha aytgancha, yana har safargidek bolalarim kelarkan deb, ertalabdan bir narsalarga unnab yurmang, hech narsa kerak emas, bizga Siz keraksiz!
Onam bilan suhbatlasharkanman, boyagi notanish kishining koʻzlarida ikki dona yosh tomchilaganini koʻrdim.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi