Ko‘sem roli bilan tanilgan aktrisa narkoreydda ushlandi

Ko‘sem roli bilan tanilgan aktrisa narkoreydda ushlandi

Turkiyaning Istanbul shahrida 11 iyun kungi reyd davomida shou-biznes va kino olamining 23 nafar taniqli vakili qo‘lga olingan. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Ular orasida mashhur aktrisa Beren Saat, xonanda Kenan Do‘g‘ulu, model va qo‘shiqchi Ayshe Hatun O‘nal hamda bloger Kerimchan Durmaz ham bor.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushlanganlardan qon va soch namunalari olinib, keyinchalik politsiyaga topshirilgan.

Ularga giyohvand yoki psixotrop moddalarni saqlash hamda giyohvandlikni targ‘ib qilish bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilmoqda.

Tintuvlar davomida ayrim uy va ish joylaridan giyohvand moddalar hamda ularni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan vositalar topilgani aytilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar