Ahad Qayum: “Aslida matematika o‘qituvchisiman” — kutilmagan faktlar ochiqlandi

Ahad Qayum: “Aslida matematika o‘qituvchisiman” — kutilmagan faktlar ochiqlandi

Taniqli shoir, prodyuser va rejissyor Ahad QayumNavo mehmonda” dasturidagi suhbatida o‘zining ta’lim yo‘li va kasbiy faoliyati haqida kutilmagan ma’lumotlarni oshkor qildi.

Uning aytishicha, aslida u matematika o‘qituvchisi bo‘lib, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining matematika va fizika yo‘nalishini tamomlagan. Ahad Qayum 4 yil davomida o‘qituvchilik qilganini, keyinchalik esa ijodi ommalashgach, san’at sohasiga o‘tganini ta’kidladi.

Shuningdek, u o‘z oilasi haqida ham qiziqarli faktlarni keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi va buva-buvilari ham o‘qituvchi bo‘lgan, ya’ni ularning oilasi haqiqiy o‘qituvchilar sulolasi hisoblanadi. Hatto avlodida 400 ga yaqin o‘qituvchilar borligi aytildi.

Ahad Qayumning bu gaplari ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otib, ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar