Blockworks kompaniyasi Messari tahlil platformasini sotib oldi

Blockworks kompaniyasi Messari tahlil platformasini sotib oldi

Kriptovalyuta sohasidagi yirik media va maʻlumotlar provayderi Blockworks tahliliy tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi Messari firmasini sotib olganini eʻlon qildi. Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, bitim qiymati 10 million dollardan oshiqroqni tashkil etgan. Messari oʻz vaqtida Brevan Howard Digital va Point72 Ventures kabi yirik investorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan edi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

2022-yilda Messari B seriyali investitsiya raundida 35 million dollar jalb qilgan va oʻshanda kompaniya 300 million dollarga baholangan edi. Hozirgi sotuv narxining keskin pasayishi Messari duch kelgan ichki qiyinchiliklar va kripto sektoridagi umumiy pasayish bilan izohlanmoqda. Joriy yil boshida kompaniya rahbariyatni yangilab, sunʻiy intellekt (AI) yoʻnalishiga oʻtish maqsadida xodimlar sonini qisqartirgan edi.

2018-yilda tashkil etilgan Blockworks dastlab media va tadbirlar kompaniyasi sifatida faoliyat boshlagan, keyinchalik tadqiqot va maʻlumotlar mahsulotlari bozoriga kirib kelgan. Aprel oyida kompaniya 192 million dollar qiymat bilan oʻz kapitalini kengaytirganini maʻlum qilgan edi. Blockworks vakillarining soʻzlariga koʻra, Messari bilan birlashish bozor maʻlumotlari, muvofiqlik (compliance) va investorlar bilan aloqalar xizmatlarini yanada kuchaytiradi.

Ushbu kelashuv kripto maʻlumotlar va tadqiqot platformalari oʻrtasidagi keng koʻlamli konsolidatsiya jarayonining bir qismidir. Yaqinda Parijda joylashgan Kaiko firmasi Amberdata kompaniyasini sotib olgan boʻlsa, yanvar oyida RedStone loyihasi Security Token Market platformasini oʻz tarkibiga qoʻshib olgan edi. Bu kabi birlashuvlar institutsional investorlar uchun yanada mukammal tahliliy vositalar yaratishga xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar