00:26 / 09.10.2018
6 275

Munajjimlar bashorati: 9 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 9 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Yulduzlar bugun ilgari amalga tadbiq etishning iloji boʻlmagan loyihalarga yana bir bor qaytishingizni maslahat beradi. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham aʼlo kayfiyat siz uchun juda kerak boʻladi. Ayniqsa, anchadan beri jufti bilan sen-menga borib yurganlar boʻlsa, aʼlo kayfiyatdan yarashish yoʻlida unumli foydalanishlari mumkin. Kechqurun moliyaviy muammolarni oʻz foydangizga hal etish harakatida boʻlasiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

9 oktyabrda “uzoqning donidan yaqinning somoni yaxshi” maqoliga amal qilgan holda ish tuting. Olisdagi sarob sari aslo intilmang. Chunki qarshingizda hayot manbai labbay deb javob berishga tayyor turibdi. Ish bajarishda oʻzingizga nisbatan tajribasi koʻproq hamkasblardan maslahat soʻrashga uyalmang. Ish yuzasidan yuritiladigan har bir munosabat albatta muvaffaqiyatli kechadi. Ayniqsa, bu shaxsiy biznesini ochmoqchi boʻlganlar uchun juda muhim.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun kunning birinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi. Millionerga aylanib qolmasangiz-da, topganingiz qora qozonni qaynatishga yetadi harqalay. Pulni tejab ishlatsangiz, yaxshi kunlaringiz uchun jamgʻarish ham mumkin boʻladi. Faqat mayda xaridlarni amalga oshiring. Kechqurun doʻstlardan biri sizga kutilmagan sovgʻa tayyorlab qoʻygan.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

9 oktyabr kuni asosan atrofdagilarning mushkullarini oson qilish yoʻlida ter toʻkishingiz kutiladi. Keyinchalik esa oʻzingizga tegishli ezgu maqsadlar tomon talpinishga tushasiz. Muhabbatga alohida eʼtibor bilan yondashing. Bir-birini ardoqlaydiganlar uchun nimaiki zarur boʻlsa, siz ham shu narsalarni muhayyo etishga masʼulsiz. Kechqurun salomatlikni tiklash payida boʻling. Piyoda koʻproq yoʻl bosish shularning biri hisoblanadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Ish joyingizga yetib olgandan keyin darhol kuzatuvchi choponini kiyib oling. Bu hamkasblarning sizga boʻlgan hurmati yoki aksincha hasadini aniqlashda yordam beradi. Agar shundaylar borligini payqasangiz, darhol chorasini koʻring. Agar yirik xaridlarga berilib, hisobdan adashmasangiz, bugun moddiy ahvolingiz juda tobida boʻlishi kutilmoqda. Kechqurun ovqatlanish meʼyorlariga amal qiling. Kundalik rejimni buzmang. Ayrimlarni yaqin tanishi ziyofatga taklif etishi ham mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

9 oktyabr siz uchun deyarli tanaffuslar kuni deb aytsa ham boʻladi. Chunki qancha faol boʻlmang, professional kasbingiz bilan bogʻliq ishlarni bajarishda oʻzingiz kutganchalik omadga erisha olmaysiz. Shuning uchun bugungi kunni uydagi yumushlarni bajarishga bagʻishlang. Juda boʻlmaganda, oʻzingizga yoqqan kitobni mutolaa qiling. Surunkali xastalikka yoʻliqqanlarga xastalik oʻzining borligini bildira boshlashi mumkin. Ehtiyot choralarini koʻrib qoʻying. Kechqurun yaqin doʻstingiz bilan jiddiy masalada suhbat qurishingiz ehtimoli bor.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Yulduzlar bugun ayrimlarga jufti yoki boʻlgʻusi juftini yoniga olib yaqin manzilga safar qilishi mumkinligini bashorat qilgan. Pul bilan bogʻliq baʼzi muammolar kayfiyatingizni buzishi kutiladi. Bu muammo bugun emas, boshqa bir kuni ijobiy hal boʻladi. Shunday ekan, oʻzingizni ruhan azoblamang. Tanani chiniqtirishga yoʻnaltirilgan muolajalar va parhez bugun muvaffaqiyatli kechadi. Shu bahonada bir necha kilo ortiqcha vaznni yoʻqotib olasiz.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

9 oktyabr kunning birinchi yarmidayoq anchadan beri koʻrmagan doʻstingiz bilan favqulodda uchrashib qolishingiz kutilmoqda. Bu uchrashuv ikkalangiz uchun ham juda yoqimli va xayrli kechadi. Oilalilar kun davomida roʻzgʻordagi muammolarni bartaraf etish bilan mashgʻul boʻlishlari mumkin. Tadbirkorlar bugun muhim hujjatlar bilan ishlamay turganlari maʼqul. Buning uchun boshqa bir kunni tanlang.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Ertalabdan yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz ehtimolga yaqin. Bu tanishuvlar hayotingiz tubdan oʻzgarib ketishiga turtki vazifasini ham oʻtashi ehtimoldan xoli emas. Vujudingizda kuch juda koʻp. Biroq undan unumli, toʻgʻri foydalanishni bilsangiz bas. Muhabbatda sizga hazil-mutoyibaga moyillikkina muvaffaqiyat olib keladi. Oilasiz boʻlsangiz, tanishgandan keyin u insonni chuqurroq oʻrganish harakatiga tushing. Shunday oʻrganingki, keyinchalik afsuslanib qolmang.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

9 oktyabr kuni sevimli insoningiz bilan orangizda garmoniya paydo etish harakatida kuyib-pishasiz. Bu harakatlar xayolan ham amalga oshirilishi mumkin. Ishda ham xuddi shunday kuyib-yonishlar zarur boʻladi. Siz hayotga tadbiq etishingiz lozim boʻlgan loyiha kutib turmaydi. Shoshilishingiz kerak. Yo shaxsiy masalani ish bilan parallel tarzda hal eta boring. Kechki payt rahbariyat sizga yaxshi ishlaganingiz uchun mukofot eʼlon qilishi mumkin. Baʼzilar kechqurun xizmat safariga joʻnab ketishi kutilmoqda.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Ishingiz bilan bogʻliq yangi loyihalarni koʻz qorachigʻidek asrang. Xudo koʻrsatmasin, shayton yoʻldan uribmi, hamkasblardan biri loyihangizni oʻzlashtirib olsa, tirikchiligingizning mazasi qochishi turgan gap. Qoʻshimcha daromad keltiruvchi ish qidirib yurganlar boʻlsa, bugun muvaffaqiyat albatta yuz koʻrsatadi. Faqat yangi ishni bajarish uchun professionallik yetarli boʻlsa bas. Agar aksi boʻlsa, ovora boʻlib bu ishga qoʻl urmaganingiz maʼqul. Kechqurun baʼzi doʻstlarimiz oilaviy bayram uyushtirishsa, maqsadga muvofiq boʻlardi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

9 oktyabr kuni aʼlo kayfiyatda uyqudan uygʻonasiz. Xursandchilik baxtli lahzalarni ketma-ket siz tomonga yetaklab kelaveradi. Kunning ikkinchi yarmida aqliy mehnat kishilarining kuni tugʻadi. Xudoning karomati bilan qoʻshimcha daromad keltiruvchi ishlar qarshingizda saf tortishadi. Kechqurunga borib ular keltirgan daromadni hisoblash bilan ovora boʻlasiz. Bugun ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan voz kechib turganingiz maʼqul.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 9 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?