2,2 mlrd. so‘mlik qarzdorlikni undirish uchun garov mulki E-AUKSION savdosiga chiqariladi

1 daqiqa o'qish106
2,2 mlrd. so‘mlik qarzdorlikni undirish uchun garov mulki E-AUKSION savdosiga chiqariladi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish sho‘basi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasi asosida “A.b.” MCHJdan undiruvchi bank AJ foydasiga 2 mlrd 225 mln 340 ming so‘m qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati asosida shu kunning o‘zida ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qonunchilik talablariga muvofiq qarzdorga sud hujjatida belgilangan majburiyatlarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun muddat berilgan.

Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, undiruvni ta’minlash maqsadida majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Jumladan, undiruv qaratilishi belgilangan, “S.G.G.” MCHJga tegishli Yangihayot tumani, “Al-Farg‘oniy” MFY, Sputnik-10 massivi hududida joylashgan, umumiy foydali maydoni 444 kv.m bo‘lgan bino qonunchilikda belgilangan tartibda xatlandi.

Hozirda mazkur ko‘chmas mulkni elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Belgilangan tartibda “E-AUKSION” elektron savdolari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda undiruvchi bank AJ foydasiga o‘tkazilib, sud hujjatida belgilangan qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?