Foto: YouTube / Science and more
Xalqaro olimlar guruhi JARning Yoxannesburg shahri yaqinidagi Sterkfonteyn g‘orida topilgan oliy primat qoldiqlari avstralopiteklarning yangi turi — Australopithecus Prometheus’ga tegishli ekanligini aniqladi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Avstralopiteklar birinchi marta 1924 yilda Janubiy Afrikada topilgan. Avstraliyalik anatomist Reymond Dart ularni Australopithecus Africanus turiga kiritgan. Ularning o‘ziga xosligi ikki oyoqda harakatlana olish qobiliyati bo‘lgan. Katta avstralopiteklar 1936 yilda Sterkfonteyn g‘orida topilgan. Tosh qotgan qoldiqlarning aksariyat qismi o‘sha turga kiritilgan, biroq olimlar qoldiqlarning bir qismi boshqa turga — Australopithecus Prometheus’ga taalluqli ekanligini taxmin qilgan.
1990 yillarning o‘rtalarida Australopithecus Prometheus’ga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan avstralopitekning deyarli to‘liq skeleti — StW 573 topilgan. Yoshi 3,67 million yil deb hisoblanadigan skelet «Kichik oyoq» deb nomlangan.
Tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, StW 573 bosh suyagi avstralopiteklarning boshqa turlari bosh suyaklariga o‘xshash bo‘lgan. U daraxtga chiqa olgan, biroq boshqa turlar kabi chaqqon bo‘lmagan. Shu bilan birga, oyoqlari qo‘llaridan uzun bo‘lgan StW 573 katta masofaga yura olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”