
Foto: «Pixabay.com»
Shifokor-diyetolog Yelena Solomatina «Kimlar mandarin yemagani ma’qul?» degan savolga javob berdi, deb yozadi «Xabar.uz» nashri.
Solomatinaning so‘zlariga ko‘ra, mandarin juda foydali. Negaki, tarkibida vitaminlar, mikro- va makroelementlar, antioksidantlar juda ko‘p. Shuningdek, uning aytishicha, mandarin tarkibida zamburug‘lar o‘sishini to‘xtatadigan va bakteritsid ta’sir ko‘rsatadigan moddalar bor.
Shifokorning ta’kidlashicha, mandarinni, ayniqsa, kuz-qish mavsumida virusli kasalliklarning oldini olish maqsadida yeyish lozim.
Biroq gastrit, me’da kislotasi oshishishi, oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan qiynalayotganlar mandarin yeyishdan o‘zlarini tiyganlari ma’qul. Uning fikricha, hatto sog‘lom odam ham och qoringa mandarin yeganda noxushlikni his qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.