06:00 / 02.03.2020
12 571

Bahor haqida qiziqarli faktlar

Bahor haqida qiziqarli faktlar
Meteorologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra mart oyining 1 sanasidan 31 maygacha davom etuvchi Bahor fasli yer yuzining turli joylarida iqlim, madaniyat va urf-odatlarga ko‘ra turli vaqtda turlicha o‘zgarishlar olib keladi. Shimoliy Yarimsharda bahor kelganda,Janubiy Yarimsharda kuz fasli hukm surayotgan bo‘ladi.

Shimoliy Yarimsharda bahor fasli Bahorgi tengkunlik 19-21 martdan yozning 21 iyunigacha davom etsa, Janubiy Yarimsharda avgust oyidan noyabr oyigacha davom etadi. Ushbu 2020 yilda bahor Shimoliy Yarimsharda 20 mart haftaning juma kunidan, 20 iyun shanba kunigacha davom etadi deb hisoblanadi.

Bahor faslida qoqio‘t, oq-sariq nargis guli, siren va lolalarning turli xillari birinchi bo‘lib ochiladi. Yaponlar bahor fasli kelganini milliy Sakura daraxti (olcha daraxti) gullaganidan bilib olishadi. Bahor faslida dunyoning turli joylarida Pasxa bayrami, Aprel hazil-mutoyiba kuni, Yer kuni, Daraxtlar kuni, Xotin-qizlar kuni, Otalar kuni, Meksika xalqlarida g‘alaba kuni (Cinco De Mayo), Hindistonda Ranglar festivali (Holi) va boshqa bayramlar nishonlanadi.

Bahor fasli qadimgi Maya xalqlarida, Yunonlarda hamda Osiyoliklarda turlicha talqin qilinadi. Ammo bashoratlar va urf-odatlar barchasi yangilanish, tug‘ilish, tabiatning jonlanishi bilan hamohangdir.

AQSH Milliy Mol-mulk tashkilotining hisobotiga ko‘ra ushbu fasl uy sotish va sotib olish bo‘yicha eng ommabop davrdir. Ammo bahor oylari dunyoning ma’lum qismlarida kuchli to‘fonlar tez-tez sodir bo‘lishi tufayli, xaridorlar uyning mustahkamligiga e’tibor berishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bahor haqida qiziqarli faktlar