09:30 / 20.10.2020
797

Minnatdorchilikning foydali jihatlari

Minnatdorchilikning foydali jihatlari
Hayotdan rozi bo‘lish - bu his-tuyg‘uni o‘zimizga, olamga, atrofdagilarga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lganimizda his etamiz.

Hayot bizga faqatgina tashvish, qiyinchilik va azob-uqubatlar keltiradi deb o‘ylaymiz. Aslida bularning barchasi bizning bu hayotdagi darslarimiz va tajribalarimz. Biz ana shu darslarimizni qabul qilib, tan olganimizda vaziyatlar yengillashadi.

Shuning uchun hayotimizda sodir bo‘layotgan har bir vaziyat uchun o‘zimizning chuqur minnatdorchiligimizni bildirishimiz kerak. Xatto kasallik uchun ham. Chunki kasallik bizga yo‘l ko‘rsatadi, o‘z ustimizda ishlashga belgi beradi.

Xatolarimiz uchun ham minnatdor bo‘lishimiz kerak, chunki ular bizga nimani qanday bajarishni o‘rgatadi.

Hayotimizdagi barcha bor narsalarga minnatdor bo‘lganimizda hayot bizga quvonch, shodlik va cheksiz baxt his-tuyg‘usini beradi.

Minnatdorchilik his-tuyg‘usida yashaganingizda esa hayotingiz mo‘’jizalarga limmo-lim bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)