Disney bog‘iga olib kelingan 21 yoshli gorilla tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Disney bog‘iga olib kelingan 21 yoshli gorilla tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

AQSHning Florida shtatidagi Disney's Animal Kingdom tematik bog‘iga 21 yoshli Bakari laqabli gorilla olib kelindi. U bog‘dagi gorillalar oilasining yangi yetakchisi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Disney Parks Blog xabar berdi.

Bakari bog‘ning Conservation Station hududidagi veterinariya shifoxonasida ilk rejali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida uning tishlari ko‘rikdan o‘tkazilib, bosh suyagi rentgen qilindi hamda kompyuter tomografiyasi amalga oshirildi.

Ko‘rik vaqtida gorilla tinchlantirilgan bo‘lib, veterinariya xodimlari uning holatini batafsil tekshirgan. Jarayonning bir qismi tashrif buyuruvchilarga maxsus deraza orqali ko‘rinib turgan.

Bakari Disney's Animal Kingdom'ga 2026 yil iyul oyida kelgan. U bunga qadar Sent-Luis hayvonot bog‘ida yashagan. Bog‘da Bakari avvalgi kumushrang erkak gorilla Gino o‘rnini egallab, oilaviy guruhga yetakchilik qilishi kutilmoqda.

Tibbiy xodimlar guruhi operatsiya stolidagi gorillani ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar