Foto: «Ecwid.com»
Mandarinni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish allergiya, semizlik, qandli diabet yoki oshqozon-ichak kasalliklaridan qiynalayotgan bemorlar uchun xavfli. Bu haqda rossiyalik diyetolog Olga Grigoryan ma’lum qildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, mandarin tarkibida fruktoza juda ko‘p. Ushbu meva tez so‘riladigan oddiy uglevodlarning ko‘pligi bo‘yicha yetakchi sanaladi. Shunga qaramay, sitrus meva o‘zining xo‘shbo‘y hidi bilan nerv tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kayfiyatni ko‘taradi.
Biroq tarkibida qand miqdori ko‘pligi bois ortiqcha vazndan qiynalayotgan odamlar mandarin iste’molini cheklashi yoki butkul voz kechishi lozim. Ular kuniga ikkitagacha mandarin yeyishi mumkin. Bu cheklov bolalarga ham taalluqli.
Allergiklarda sitrus mevalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish eshakemi, allergik tumov yoki bo‘g‘ilishga sabab bo‘ladi. Oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan qiynalayotganlarning ahvoli yomonlashishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi