Shamollash va xastalik paytida qaysi oziq-ovqatlardan voz kechish kerak?

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Shamollash va kasallik paytida immunitetni susaytiruvchi va yallig‘lanishni kuchaytiruvchi shakarli mahsulotlar, spirtli ichimliklar, sitrus mevalar, sut mahsulotlari hamda yog‘li va qovurilgan ovqatlardan voz kechish tavsiya etiladi.
- Ushbu mahsulotlar organizmni suvsizlantirishi, dori vositalarining ta’sirini pasaytirishi, shilliq qavatlarni qichishtirishi, balg‘am ajralishini ko‘paytirishi va hazm tizimiga ortiqcha yuk tushirishi mumkin.
Organizm turli mavsumiy xastaliklar, gripp yoki shamollash bilan kurashayotgan vaqtda to‘g‘ri ovqatlanish ratsioni sog‘ayish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislarining ta’kidlashicha, ayrim mahsulotlar kasallik alomatlarini yanada kuchaytirib, tabiiy immunitetni susaytirib qo‘yishi mumkin.
Kasallikni yengil o‘tkazish va organizmning tiklanishini tezlashtirish uchun quyidagi oziq-ovqatlardan vaqtincha saqlanish tavsiya etiladi:
Xastalik vaqtida taqiqlanadigan 5 ta asosiy mahsulot
Shakarga boy shirinliklar va mahsulotlar: Tarkibida yuqori miqdorda shakar bo‘lgan yeguliklar yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytiradi va oq qon tanachalari — leykotsitlarning viruslarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiradi;
Spirtli ichimliklar: Alkogol organizmni jiddiy darajada suvsizlantiradi (degidratatsiya), dori vositalarining ta’sirini keskin pasaytiradi va jigarga ortiqcha yuk tushiradi;
Sitrus mevalar: Apelsin, limon kabi mevalar S vitaminiga boy bo‘lsa-da, ulardagi yuqori kislotalilik tomoq va oshqozonning yallig‘langan shilliq qavatini qichishtirib, og‘riqni kuchaytirishi mumkin;
Sut va sut mahsulotlari: Ayrim bemorlarda sut mahsulotlari nafas yo‘llarida balg‘am va shilimshiq moddalar ajralishini ko‘paytirib, yo‘tal hamda burun bitishini murakkablashtiradi;
Yog‘li va qovurilgan ovqatlar: Qovurma va og‘ir taomlarni hazm qilish uchun oshqozon-ichak tizimi juda ko‘p energiya sarflaydi. Natijada organizm o‘z kuchini infeksiyaga qarshi kurashga emas, ovqat hazm qilishga sarflashga majbur bo‘ladi.
Mutaxassislar xulosasi: Nima uchun bu mahsulotlar xavfli?
Sog‘liqni saqlash vazirligining tushuntirishicha, yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarda bemorlik davrida himoya tizimi uchun nihoyatda zarur bo‘lgan foydali vitaminlar va minerallar miqdori kam bo‘ladi.
Bundan tashqari, ular hazm tizimiga ortiqcha zo‘riqish yuklaydi. Shu sababli mutaxassislar xastalik paytida ko‘proq iliq suyuqliklar, tovuq sho‘rvasi, qaynatilgan yengil taomlar va vitaminlarga boy sabzavotlarni iste’mol qilishni tavsiya etadi.































Izohlar 0
…