Liderlar kunni qanday boshlashi haqida

2 daqiqa o'qish3.5K
Liderlar kunni qanday boshlashi haqida
Foto: Getty Images
Tonggi odatlar kun davomidagi samaradorlikka ta’sir ko‘rsatadi. Muvaffaqiyatli insonlar haqida gap ketganda ular qat’iy kun tartibiga rioya qilishi, kunni yaxshi o‘tkazish uchun muayyan odatlarga amal qilishi ta’kidlanadi. Xo‘sh, bular qanday odatlar?

Quyida o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan yetti nafar tadbirkorning samarali bo‘lish uchun kunni qanday boshlash, qaysi odatlardan voz kechish kerakligi haqidagi tavsiyalari keltirilgan.

Zangsoatni «yana besh daqiqa»ga surib qo‘ymang
Tongda «to‘yib uxlab olishga urinish» va zangsoatni «yana besh daqiqa uxlab olay» degan bahona bilan surib qo‘yish – muvaffaqiyatli biznes liderlar hech qachon qilmaydigan odat.

«Muvaffaqiyatli odamlar orasida zangsoatni surib qo‘yuvchilarni uchratmaysiz. Bu o‘zingizga berilgan va’dani – muayyan soatda uyg‘onishga qilingan ahdni buzish demak. Muvaffaqiyatli insonlar esa va’dani, ayniqsa, o‘ziga berilgan va’dani bajarish samaradorlikning asosiy omili ekanini bilishadi», – deydi Birdsong ta’sischisi va bosh direktori Monika Snayder.

Uyg‘ongan zahoti telefon titkilashni bas qiling
«Kunni yaxshi boshlash va keraksiz narsalarga chalg‘ish o‘rtasidagi farq fikr tiniqligi, diqqatni jamlash va rejalashtirishdadir. Uyqudan uyg‘ongach qilinadigan eng zararli odatlardan biri bu – qo‘lga telefonni olish, elektron pochtani, ijtimoiy tarmoqlarni, yangiliklarni tekshirishdir», – deydi Common Giant asoschisi Filip Okli.

Bunaqa ishlarning barchasi o‘z belgilangan vaqtida qilinishi kerak.

Kunni rejasiz boshlamang
«Kun davomida qilinadigan ishlar rejasini tuzish tadbirkorlar uchun muhim odat», deb hisoblaydi GTIF Capital hamkori Devid Chen.
Ishlarni rejalashtirish ijobiy energiyani saqlab qolishga va stressga tushmaslikka yordam beradi, vaqtni tartibga soladi.

«Yangi ish kunida qanday vazifalar borligini aniq bilish muhim. Rejali kun rejasiz kundan ko‘ra ancha samaraliroqdir», deydi Chen.

Jismoniy faollik
MonsterInsights hammuassisi Kris Kristoff muntazam ertalabki jismoniy mashqlar nafaqat jismoniy va ruhiy holatni yaxshi saqlash, balki ishda samarali bo‘lishga ham yo‘l ochishini ta’kidlaydi.

«Jismoniy mashqlar va jismoniy salomatlik qat’iy intizom va rejani talab qiladi. Mashqlar orqali o‘z sog‘ligini yaxshilashga sarflangan intilish kasbiy faoliyatda ham intizomli bo‘lishga yordam beradi», – deydi Kristoff.

Telefon qo‘ng‘iroqlari
Be Inspired PR asoschisi va bosh direktori Leyla Lyuis ertalab telefon qo‘ng‘iroqlaridan tiyilishini aytadi.
«Kunni qo‘ng‘iroqlardan boshlash o‘rniga sermahsul insonlar vaqtni rejalashtirish bilan shug‘ullanadilar», deydi u.

O‘zgalarning ishlariga chalg‘ish
«O‘z ustuvor vazifalaringiz o‘rniga o‘zgalarniki bilan band bo‘lsangiz, hech qachon maqsadga erisha olmaysiz», deb hisoblaydi Designli rahbari Keyt Shilds.

Muvaffaqiyat egalari qayerga qarab ketishayotgani va diqqatni nimaga qaratish kerakligini bilishadi. Ular kun avvalidagi qimmatbaho vaqtlarini elektron pochtani ochish, boshqalarning yumushlar ro‘yxati ustida ishlashga sarflashmaydi.

O‘tmishga bog‘lanib qolish
Virtus Flow asoschisi Rikkardo Konte avvalgi xatolar va qarorlarga bog‘lanib qolmaslik muhimligini ta’kidlaydi.
«Har bir tong bu – ilgari urinib ko‘rilmagan ishlarni qilish va yangi muvaffaqiyatlarga erishish uchun yangi kun demak.
Uyg‘ongan zahoti ishxonada qolgan chala yumushlar haqida o‘ylay boshlasangiz, yangi vazifalarga diqqat qarata olmaysiz.

Bezovtalik uyquga ta’sir ko‘rsatadi. Miyani ortiqcha o‘ylardan xalos qiling, uyg‘ongach esa ortga emas, faqat oldinga qarab harakatlaning
», deb maslahat beradi Rikkardo.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?