14:48 / 07.03.2021
2 503

Ko‘proq harakat qilish orqali davolash mumkin bo‘lgan 5 kasallik

Ko‘proq harakat qilish orqali davolash mumkin bo‘lgan 5 kasallik
Foto: Pinterest
O‘troq hayot tarzi spirtli ichimlik va chekishdan ko‘ra ko‘proq sog‘liqqa zarar yetkazadi. Tadqiqotchilar olib borgan izlanishlarga ko‘ra, shunday xulosaga kelmoqda. Odatda, muntazam mashqlar uzoq vaqt o‘tirishdan kelib chiqadigan muammolarning oldini olishga yordam beradi, deb hisoblanadi.

Bugungi kunda shifokorlar salomatlikni saqlashning yagona usuli kun davomida qisqa muddatli tanaffuslarda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish ekanligiga amin bo‘lishgan. Tushlik vaqtida qisqa sayohat, 5 daqiqalik cho‘k tushib o‘tirish va egilish, kun oxirida bir necha bor sakrash sog‘liqni saqlaydi hamda og‘ir kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Qandli diabet
Diabetologia jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘troq hayot tarzi uchun qancha kam vaqt sarflansa, qand kasali rivojlanish xavfi shunchalik past bo‘ladi. Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, bu muntazam mashqlarga qaraganda samaraliroq strategiya bo‘lib, inson qancha ko‘p o‘tirsa, qondagi shakar va xolesterin miqdori shuncha yuqori bo‘ladi.

Yurak-qon tomir kasalliklari
Avstraliyada 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan 63 mingdan ortiq kattalar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, har kuni to‘rt soat yoki undan kamroq o‘tirganlar orasida gipertoniya, yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanish ehtimoli ikki baravarga ko‘proq. 800 ming kishining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rgangan ingliz tadqiqotchilari xuddi shunday natijalarga erishgan.

Saraton
«Agar kun davomida 6 soat yoki undan ko‘proq o‘tirishga to‘g‘ri kelsa, yo‘g‘on ichak saratonidan vafot etish ehtimoli 36 foizga oshadi», − deydi Amerika saraton kasalligi jamiyati tadqiqotchilari. Olimlar ushbu qaramlikning sababini hali topmagan, ammo ularning fikriga ko‘ra, uzoq vaqt o‘tirish glyukoza va insulin miqdorining buzilishiga olib keladi.

Yurakni yog‘ bosishi
Muntazam jismoniy mashqlar ichki a’zolar atrofida to‘planib qolgan yog‘larni erishiga yordam beradi, ammo bu yurakka taalluqli emas. Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari shunday xulosaga keldi. Shuning uchun yurakni yog‘ bosishidan himoya qilishning eng samarali usuli iloji boricha kamroq o‘tirishdir.

Buyrak kasalligi
Kuniga uch soatdan kam o‘tirgan ayollarda buyrak kasalligi xavfi kuniga sakkiz soatdan ortiq o‘tirganlarga qaraganda 30 foizga kamligi aniqlangan. Erkaklar uchun bu ko‘rsatkich 15 foizni tashkil qiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘proq harakat qilish orqali davolash mumkin bo‘lgan 5 kasallik