Xorvatiya NASAning Artemis shartnomasiga qoʻshildi

Xorvatiya rasman Artemis Accords (Artemis shartnomalari) ishtirokchisiga aylandi va bu xalqaro kosmik tashabbusga qoʻshilgan 74-davlat sifatida qayd etildi. Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan rasmiy marosimda mamlakatning fan, taʼlim va yoshlar vaziri Radovan Fuks AQSh bilan fuqarolik asosida Oy, Mars, kometalar va asteroidlarni tadqiq etish tamoyillarini nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur kelishuv NASA va AQSh Davlat departamenti tomonidan 2020-yilda ishlab chiqilgan boʻlib, 1967-yildagi Kosmik shartnoma qoidalariga tayanadi. Hujjat fazoni tinch maqsadlarda oʻzlashtirish, maʼlumotlar ochiqligi, tizimlar mosligi, favqulodda yordam koʻrsatish hamda orbitaning chiqindilardan himoya qilish kabi fundamental tamoyillarni qamrab oladi.
Xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlar
Tantanali imzolash marosimida AQSh elchisi Nikol Makgrou, NASAning Yevropadagi vakli Gregori Mann hamda vazirlikning profil direktorati direktori Xrvoyye Meshtrich ishtirok etdi. Ushbu qadam Xorvatiya uchun xalqaro tadqiqot loyihalarida faol qatnashish, ilmiy maʼlumotlar almashinuvi va kelgusida uzoq kosmosni oʻrganish boʻyicha umumiy standartlarni ishlab chiqishda muhim eshiklarni ochadi.Soʻnggi yillarda Artemis Accords ishtirokchilari safi jadal kengayib borayotgani kuzatilmoqda. Xususan, 2026-yilgi kengayish fonda mintaqaviy va global miqyosdagi davlatlar ushbu paktga ketma-ket qoʻshilmoqda. Jumladan, iyul oyida Serbiya (69-chi), avgustda Turkiya (71-chi) oʻz imzosini qoʻygan boʻlsa, Xorvatiyadan ikki kun oldin — 21-sentabrda Albaniya (73-chi) mazkur shartnoma qatnashchisiga aylandi.






























Izohlar 0
…