Astronomlar fan tarixidagi eng yosh ekzoplanetani tasdiqladilar

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Astronomlar Elias 2-24b nomli, yoshi bir million yildan kam bo'lgan eng yosh ekzoplanetani tasdiqladilar.
- Bu sayyora Yerimizdan 454 yorug'lik yili uzoqlikda, Ilonboqar yulduz turkumida joylashgan va hali ham o'z yulduzi atrofidagi diskdan massa to'plamoqda.
- Elias 2-24b kashfiyoti sayyoralar shakllanishining mavjud nazariyalarini qaytadan ko'rib chiqishga undaydi, chunki u ilg'or modellar ham tushuntira olmagan jarayonlarni ko'rsatib beradi.
Xalqaro astronomlar guruhi ilm-fan tarixidagi eng yosh ekzoplaneta mavjudligini rasman tasdiqladi. Yerimizdan taxminan 454 yorugʻlik yili uzoqlikda, Ilonboqar yulduz turkumidagi yulduz hosil boʻlish hududida joylashgan bu osmon jismi Elias 2-24b deb nomlandi. Ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur ekzoplanetaning yoshi bir million yildan ham kam boʻlib, u oʻz yulduzini oʻrab turgan protoplanet diskidan moddalarni yigʻish orqali hamon massa toʻplashda davom etmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Elias 2-24 yulduzi oʻzining yosh sayyorasi bilan birgalikda kosmik oʻlchovlar boʻyicha endigina „goʻdaklik“ yoshidan chiqqan tizimni tashkil etadi. Ungacha eng yosh protoplanetalar sifatida PDS 70 va WISPIT 2 tizimidagi obʼektlar eʼtirof etilib, ularning yoshi taxminan 5 million yilni tashkil etgan edi. Yangi kashfiyot olimlarning mavjud tushunchalarini qaytadan koʻrib chiqishga majbur qilmoqda.
Ilmiy modellar va kashfiyot tarixi
Chilidagi Astrofizika tadqiqotlari instituti professori Lukas Syeza taʼkidlaganidek, sayyoralar shakllanishining oldingi modellari hatto avvalgi rekordchilarni ham tushuntirishda qiynalar edi. Elias 2-24b esa eng ilgʻor nazariyalarning oʻzida ham qandaydir muhim jarayonlar yetishmayotganini yaqqol koʻrsatib bermoqda. Mazkur noyob obʼektning topilish tarixi esa oʻn yillik mashaqqatli izlanishlarni oʻz ichiga oladi.Bundan oʻn yil muqaddam ALMA radioteleskopi protoplanet diskida tor boʻshliqni qayd etgan edi. Bu holat ichkarida yirik osmon jismi shaklanayotganidan darak beruvchi muhim belgi hisoblanadi. Keyinchalik „Juda katta teleskop“ yordamida mazguri yoriq ichidan xira obʼekt topildi. Hal qiluvchi surat esa Mauna-Kea choʻqqisidagi Kek observatoriyasining koronografi yordamida olindi — maxsus asbob yulduz nurini toʻsib, sayyorani toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrish imkonini berdi.
Kelajakdagi tadqiqotlar istiqboli
Astronomlarning yorqinlik va sayyoralar evolyutsiyasi modellari asosidagi dastlabki baholariga koʻra, Elias 2-24b massasi Yupiterning 1,9 dan 4 barobarigacha boʻlgan qiymatni tashkil qiladi. Diskdagi boʻshliq va yorqin chang halqasining oʻzaro mos kelishi gaz gigantlarining qattiq yadro atrofida tezkor akkretsiya yoʻli bilan shakllanish gipotezasini qoʻllab-quvvatlaydi.Tadqiqot mualliflaridan biri Andrea Bernardi kelgusida shunday topilmalar yanada osonlashishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Elias 2-24b hozirgi teleskoplar imkoniyatining chekkasida turibdi, biroq „Nensi Greys Roman“ kabi yangikosmik teleskoplar kashfiyot jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi. Mutaxassislar xulosasiga koʻra, eng yosh ekzoplanetaning topilishi sayyoralar hosil boʻlish vaqtini va yosh diskdagi jarayonlarni baholashda tub burilish yasaydi.






























Izohlar 0
…