
Foto: «Dunyo» axborot agentligi
Jidda shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan respublika mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida Makka shahridagi Golden Star kompaniyasi bosh direktori Abdulmu’in Zurgi bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Qayd etilishicha, tadbirda O‘zbekistonning «MMM Amin Bio» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan kollagen va jelatin mahsulotlarining namunalari va tegishli sertifikatlar nusxalari suhbatdoshga taqdim etilgan.
Abdulmu’in Zurgi ushbu mahsulotning sifatini yuqori baholagan holda, Saudiya Arabistonidagi farmatsevtika zavodlariga ularni yetkazish bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan.
Uchrashuv doirasida «MMM Amin Bio» kompaniyasi vakillari bilan onlayn-muzokaralar o‘tkazilgan. Ularning natijasiga ko‘ra o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doir qator kelishuvlarga erishilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.