12:44 / 15.10.2024
91

Oʻzbekiston AQShga har hafta 3-4 tonna uzum eksport qilishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston AQShga har hafta 3-4 tonna uzum eksport qilishni rejalashtirmoqda
Foto: "Dunyo" AA
Oʻzbekiston elchixonasi ma'lumotiga koʻra, Nyu-Yorkdagi Uzbek-American Trade House va Toshkent shahridagi GardenCells mas'uliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida tuzilgan yangi eksport shartnomasiga asosan AQShga 1,7 ming tonna yangi uzum mahsuloti havo transporti orqali Nyu-York shahriga etkazildi.

AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari sanitar nazorati boshqarmasi (FDA) talablariga muvofiq qadoqlangan uzum Amerikaning NetCost oziq-ovqat savdo markazlari tarmogʻining Nyu-York shtatidagi savdo nuqtalariga tarqatildi.

Oʻzbekiston uzumiga mahalliy aholi tomonidan yuqori qiziqish bildirilmoqda. Shu bois, yangi partiyaga buyurtma berildi va har hafta 3-4 tonna miqdorida uzum eksport qilishga kelishib olindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot