
2025 yilning yozi yakuniga qadar bitkoin narxi $135 minggacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda Kursiv.media xabar berdi.
Ekspertlar kriptovalyuta narxining shiddat bilan o‘sishini AQSHda Donald Tramp tomonidan qabul qilingan soliq imtiyozlari va tadbirkorlikni rag‘batlantiruvchi qonunlar bilan bog‘lamoqda.
Ayni damda bitkoin narxi 12 iyul holatiga ko‘ra $118 minggacha yetib, o‘zining tarixiy eng yuqori cho‘qqisini yangiladi. Umumiy bozor qiymati esa $2,3 trilliondan oshib, Google kompaniyasiga qarashli Alphabet'ni ham ortda qoldirdi.
Moliya bozorlari tahlilchilari bu o‘sishga bir nechta omillar turtki bo‘layotganini aytishmoqda. Ular qatorida AQSHdagi likvidlik darajasining ortishi, foiz stavkalari bo‘yicha ehtimoliy yumshoq siyosat va texnologiya sohasidagi o‘sishni qayd etish mumkin.
15 iyul kuni e’lon qilinishi kutilgan AQSH inflyatsiya ko‘rsatkichlari va Federal zaxira tizimining munosabati ham kriptobozorda muhim ahamiyat kasb etadi.
Cifra Markets va Whitebird kabi kompaniyalar bitkoin narxi avgust oxirigacha $130–135 ming atrofida bo‘lishini kutishmoqda. Shuningdek, ayrim tahlilchilar yil yakunigacha $168 mingdan $184 minggacha oshib ketish ehtimolini ham istisno qilmayapti.
Shu bilan birga, mutaxassislar narxlarda qisqa muddatli pasayishlar kuzatilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ammo ularning fikricha, umumiy o‘sish yo‘nalishi hozircha o‘zgarmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar