2025 yil 22 avgust kuni Qirg‘izistonning “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punktida yuz bergan voqea jamoatchilik diqqatini tortdi. O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yo‘l olgan yuk mashinasida 21 tonna qovun ortib olingan bo‘lib, ular somon yostig‘i ustida joylashtirilgan edi.
Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘sh hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan fitosanitar nazorat jarayonida ushbu yuk qonun talablariga mos kelmasligi aniqlandi. Xususan, mahsulotda yuqori fitosanitar xavf mavjudligi va tashishda belgilangan tartiblarga rioya qilinmagani qayd etildi.
Shundan so‘ng, 21 tonna qovunni o‘z ichiga olgan yuk qaytadan O‘zbekiston hududiga qaytarib yuborildi. Mazkur holat ikki davlat chegaralarida mahsulot aylanmasida xavfsizlik va sanitariya talablariga jiddiy yondashilishini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!