date

O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish davlat yordami bilan rivojlanadi

O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish davlat yordami bilan rivojlanadi

O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish sohasi yangi bosqichga chiqmoqda. Prezident tomonidan qabul qilingan «Respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va aholini strategik mahsulotlar bilan ta’minlashda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Qarorga asosan, mamlakatda kartoshka yetishtirish hajmini oshirish va urug‘chilik tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olindi. Jumladan, 2028 yildan boshlab har yili unuvchanlik darajasi 85 foizdan kam bo‘lmagan kamida 10 million dona kartoshkaning mini-tuganaklari yetishtirilishi shart qilib qo‘yildi.

Shuningdek, 2030 yilga borib respublikada kartoshkaning o‘rtacha hosildorligini 16–17 tonnadan 25–30 tonnaga yetkazish vazifasi belgilandi. Bu ko‘rsatkichlar qishloq xo‘jaligining samaradorligini oshirish, aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash va import hajmini qisqartirishga xizmat qiladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga har yili 1 dekabrga qadar keyingi yilda yetishtirilishi rejalashtirilayotgan kartoshkaning “in-vitro” usulida olinadigan o‘simliklari, mikro va mini-tuganaklari bo‘yicha ilmiy muassasalar va tadbirkorlarga buyurtma berish majburiyati yuklatildi. Bu esa ilm-fan va amaliyot uyg‘unligida qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qiladi.

2026 yil 1 yanvardan e’tiboran Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali fermerlar uchun qulay shartlarda kreditlar ajratiladi. Xususan, kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha miqdorda, yillik 12 foiz stavkada, 6 oylik imtiyozli muddat bilan 12 oygacha bo‘lgan kreditlar taqdim etiladi. Kredit berish jarayoni majburiy sug‘urta polisi asosida amalga oshiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish davlat yordami bilan rivojlanadi