date

Axborot va aloqa sohasiga investitsiyalar keskin oshdi

Axborot va aloqa sohasiga investitsiyalar keskin oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil davomida O‘zbekistonda iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning turli yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun asosiy kapitalga jami 507,5 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Bu raqam mamlakat iqtisodiy salohiyatining o‘sishi va yangi yo‘nalishlardagi islohotlar samarasi sifatida baholanmoqda.

Shulardan alohida ahamiyatga molik yo‘nalish — axborot va aloqa sohasi bo‘lib, unga 16,7 trln so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirilgan. Bu umumiy investitsiyalar hajmining 3,3 foizini tashkil qiladi. Ushbu mablag‘larning asosiy qismi esa to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa tarmog‘iga yo‘naltirilgan bo‘lib, jami investitsiyalardagi ulushi 2,2 foizni tashkil etgan.

Yillar kesimida ko‘rsatkichlar tahlil qilinganda, sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar izchil oshgani yaqqol ko‘rinadi. Masalan:

2016 yilda — 1,1 trln so‘m,

2017 yilda — 1,9 trln so‘m,

2018 yilda — 1,6 trln so‘m,

2019 yilda — 2,7 trln so‘m,

2020 va 2021 yillarda — 9 trln so‘mdan,

2022 yilda — 6,9 trln so‘m,

2023 yilda — 8,8 trln so‘m,

2024 yilda esa — 16,7 trln so‘mga yetgan.

Bu raqamlar axborot va aloqa sohasi so‘nggi yillarda nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham strategik ustuvor yo‘nalish sifatida qaralayotganini tasdiqlaydi. Har yili ajratilayotgan mablag‘larning ko‘payishi raqamli islohotlarni jadallashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va internet xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Axborot va aloqa sohasiga investitsiyalar keskin oshdi