Jahon oltin kengashi (World Gold Council, WGC) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil avgust oyida dunyo markaziy banklari jami 15 tonna oltin sotib oldi. Bu iyul oyidagi qisqa tanaffusdan so‘ng bozorda faol xaridlar qayta boshlanganini ko‘rsatmoqda.
WGC hisobotida qayd etilishicha, «oltin narxining rekord darajada o‘sishi ayrim markaziy banklarning sotib olishini cheklayotgan bo‘lishi mumkin, ammo bu qiziqish pasayganini anglatmaydi». Teskarisi, ko‘plab davlatlar oltin zaxiralarini oshirishda davom etmoqda.
Avgustda eng faol xaridchilar qatorida Qozog‘iston (8 t), shuningdek, Turkiya, Xitoy, O‘zbekiston, Bolgariya, Chexiya va Gana (2 t dan) markaziy banklari qayd etilgan. Faqat Rossiya (–3 t) va Indoneziya (–2 t) oltin sotgan.
O‘zbekiston zaxirasi avgustda 366 tonnaga yetdi. Biroq bu ko‘rsatkich 2024 yil oxiriga nisbatan 17 tonnaga kamaygan. WGC ma’lumotida ta’kidlanishicha, O‘zbekiston markaziy banki oltinni bozordagi narx o‘zgarishlariga qarab taktik boshqarmoqda va uni “foydali aktiv” sifatida ishlatmoqda.
Oltin narxi o‘sishiga qaramay davlatlar xaridni davom ettirmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar