date

Qimmatbaho metallar bozorida kumush narxi qimmatlashdi

Qimmatbaho metallar bozorida kumush narxi qimmatlashdi
Kumush narxi so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi, deb Bloomberg xabar berdi. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, bugun COMEX qimmatbaho metallar birjasida bir unsiya (31,1 gramm) kumushning narxi 51,2 dollarga yetdi.

Bu ko‘rsatkich so‘nggi marta 1980 yil boshlarida qayd etilgan edi. Shundan beri kumush birinchi marta 50 dollarlik chegarani ortda qoldirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil boshidan buyon kumush narxi 73 foizga oshgan. Avvalroq Nyu-York birjasida oltin narxi ham rekord darajada o‘sib, 1 unsiyasi 4 000 dollardan oshgani haqida xabar berilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qimmatbaho metallar bozorida kumush narxi qimmatlashdi