date

Qaysi davlat fuqorolari O‘zbekistondagi biznes imkoniyatlariga eng ko‘p qiziqmoqda?

Qaysi davlat fuqorolari O‘zbekistondagi biznes imkoniyatlariga eng ko‘p qiziqmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylari mobaynida jami 287,7 ming nafar chet el fuqarosi tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 190,3 ming nafarga yoki qariyb 3 barobarga ko‘paygan. Bu holat O‘zbekistondagi biznes muhitga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Kelganlar orasida Afg‘oniston fuqarolari soni keskin ustunlikka ega — 267 879 nafar. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (14 648), Turkmaniston (2 235), Rossiya (585), Turkiya (392), Qozog‘iston (373) va boshqa davlatlar (1 635) qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qaysi davlat fuqorolari O‘zbekistondagi biznes imkoniyatlariga eng ko‘p qiziqmoqda?